Ozod ( — erkin, hur; asoratdan qutulgan; gʻam-tashvishdan xoli; oliyjanob; saxovatli) — kelib chiqishi forscha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
Taniqli shaxslar
Ozod Aminova — tojik va sovet shoiri, oʻqituvchi, muharrir, yozuvchi. Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi; Ozod Farmonov — Oʻzbekiston davlat arbobi, Qashqadaryo viloyati hokimi (1995—1998); Ozod Sharafiddinov — adabiyotshunos, adabiy tanqidchi; Ozodbek Akbarov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1994); Ozodbek Ergashev — oʻzbekistonlik futbolchi; Ozodbek Maʼrufov — oʻzbekistonlik futbolchi; Ozodbek Nazarbekov — oʻzbekistonlik qoʻshiqchi va siyosatchi; Ozodbek Oʻktamov — oʻzbekistonlik futbolchi; Ozodbek Qurbonov — oʻzbekistonlik futbolchi.
Familiyalar Ozodov Ozodova
Manbalar
Turkum:Oʻzbekcha erkaklar ismlari