Mirzo Ahmadxon Saidul Mulk () – bosh vazir Amir Kabirning birinchi xotinidan boʻlgan yagona oʻgʻli edi. 1837/1838-yillarda tugʻilgan Mirzo Ahmadxonga Amir Kabir hayotligida yoki uning 1852-yilda oʻldirilishidan keyin hech qanday rasmiy lavozim berilmagan. 1858-yilda Mirzo Oqoxon Nuriy bosh vazir lavozimidan chetlashtirilgach, Mirzo Ahmadxon general-mayor etib tayinlangan va bir yildan soʻng „Saeid ul-Mulk“ unvoni bilan taqdirlangan. 1860/1861-yillarda Azizxon Mokriy shahzoda Muzaffariddin Mirzoning oʻrinbosari etib tayinlangach, uning qaynogʻasi boʻlgan Mirzo Ahmadxon Ozarbayjon viloyatidagi qoʻshin qoʻmondoni etib belgilanadi. Mirzo Ahmadxon 1863–1869-yillar oraligʻida vafot etgan va Karbalo shahridagi Imom Husayn ziyoratgohida otasi qabri yoniga dafn etilgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1830-yillarda tugʻilganlar Turkum:1860-yillarda vafot etganlar Turkum:19-asr Eron harbiylari