(; upekxā) – bu Buddaviylikdagi xotirjamlik (tinch ong holati) tushunchasidir. U brahmaviharalar – yaʼni „Brahma olami“ () fazilatlaridan biri hisoblanadi va ezgu ruhiy omillardan biridir ( ), u Nirvāna sari yetaklovchi Dhyana (meditatsiya) amaliyoti orqali rivojlantiriladi.
Pali adabiyoti Pali kanoni va undan keyingi davr sharhlarida upekxā – ruhiy rivojlanishning muhim jihati sifatida koʻrsatiladi. U Brahmaviharaning toʻrtta oliy holatidan biri boʻlib, shahvat, gʻazab va johillik kabi ruhiy holatlarga qarshi turishga qodir boʻlishlikka yordam beradi. Brahmavihara sifatida, u anʼanaviy tarzda tan olingan qirqta Buddaviy meditatsiya mavzularidan (kammaṭṭhāna) biridir.
Theravadadagi oʻnta pāramī (kamolot) roʻyxatida esa – oxirgi belgilangan bodhisatta amaliyoti hisoblanadi. Uyg‘onishning yetti omilida () esa u ruhiy yetuklikning soʻnggi rivojlantiriladigan xususiyati hisoblanadi
ni amalda tatbiq etish – hayotdagi sakkizta oʻzgaruvchan holatga nisbatan xotirjamlik bilan, betaraf holda bardosh berish demakdir. Bu holatlar odatda „dunyodagi shamolning sakkiz yoʻnalishi“ yoki „dunyoviy sharoitlar“ deb ataladi: yoʻqotish va topish, obroʻe'tibor va badnomli, maqtov va tanqid, qaygʻu va quvonch ().
Meditatsion jamlanganlik (samādhi)ni rivojlantirishda upekxā moddiy chanqoqlikdan xoli yuksak ruhiy singdiruvchanlik omili sifatida namoyon boʻladi. U uchinchi va toʻrtinchi jhāna holatlarida mavjud.
Manbalar
Turkum:Buddist meditatsiyasi Turkum:Buddizmning falsafiy tushunchalari Turkum:Sanskritcha so‘zlar va iboralar