Plata – isteʼmol krediti va raqamli bank xizmatlariga ixtisoslashgan Meksikaning fintex-startapi. Kompaniya 2023-yil aprel oyida Rossiyaning Tinkoff bankining sobiq top-menejerlari tomonidan tashkil etilgan.

2025-yil mart oyida kompaniya 160 million dollar mablagʻ toʻpladi va qiymati 1,5 milliard dollarga teng boʻlgan yakkashoxga aylandi.

Tarixi Kompaniya 2023-yil aprel oyida Tinkoff bankning uchta sobiq top-menejerlari: Neri Tollardo, Aleksandr Bro va Danil Anisimov tomonidan tashkil etilgan. Neri Tollardo kompaniyaning bosh direktori hisoblanadi.

2024-yil dekabr oyida Plata Meksika regulyatorlaridan bank litsenziyasini oldi. 2025-yil boshida kompaniya allaqachon bir million faol kredit karta foydalanuvchilariga ega edi.

Mahsulotlari Kompaniyaning asosiy mahsuloti – keshbek berish dasturiga ega Plata Card kredit kartasi hisoblanadi. Kompaniya mijozlarga kartalarni shaxsan yetkazib beruvchi va mobil ilovani sozlashda yordam beradigan „elchi“ kuryerlar tizimidan foydalanadi.

Investitsiyalar Tashkil etilganidan buyon kompaniya oʻz kapitali va qarz mablagʻlari hisobidan jami 750 million dollar toʻpladi. Startapning dastlabki xususiy investorlari orasida rossiyalik tadbirkorlar Oleg Tinkov va Maykl Kalvining oilalari, shuningdek, kompaniyaning 20 ga yaqin top-menejerlari birgalikda 300 million dollar sarmoya kiritgan. Tinkovning soʻzlariga koʻra, Plata investorlarining umumiy soni 100 kishidan va jalb qilingan mablagʻlarning umumiy miqdori 800 million dollardan oshadi.

Xususiy moliyalashtirishdan tashqari, kompaniya Londonda joylashgan Fasanara Capitaldan 200 million dollarlik kredit liniyasini ham oldi.

2025-yil mart oyida startap Moore Strategic Ventures hamda boshqa Amerika va Yevropa investorlari ishtirokida Kora investitsiya firmasi boshchiligidagi A seriyali raundda 160 million dollar yigʻdi. Bu kelishuv kompaniyaga 1,5 milliard dollarga baholanishiga va sakkizta meksikalik yakkashoxlardan biriga va 2022-yildan beri birinchi boʻlishiga imkon berdi.

Xodimlari Kompaniyada 2000 ga yaqin kishi ishlaydi, ulardan 700 ga yaqini Rossiyadan. Rossiyalik mutaxassislardan 100 ga yaqin kishi bevosita Meksikada, qolganlari kompaniyaning Kipr, Serbiya va Barselonadagi ofislarida ishlaydi.

Manbalar

Havolalar Rasmiy veb-sayti

Turkum:Meksika shirkatlari Turkum:Banklar