Yoshlar madaniyati bolalar, oʻsmirlar va yoshi kattalarning jamiyatdagi normalarini anglatadi. Xususan, bu yoshlar oʻrtasida umumiy boʻlgan va kattalarnikidan farq qiluvchi jarayonlar hamda ramziy tizimlardan iborat.
Kiyim-kechak, mashhur musiqa, sport, soʻz boyligi va uchrashuvlarga (tanishuvlarga) urgʻu berilishi odatda yoshlarnu boshqa yosh guruhlaridan ajratib turadiFasick, Frank A. (1984). Parents, Peers, Youth Culture and Autonomy in Adolescence., Adolescence, 19(73) p.143-157. Yoshlar madaniyati ichida esa doimiy ravishda oʻzgarib turadigan koʻplab yoshlar submadaniyatlari mavjud boʻlib, ular irq, etnik kelib chiqish, iqtisodiy holat, tashqi koʻrinish yoki boshqa turli omillar asosida farqlanishi mumkin. Mavjudlik Yoshlar madaniyatining mavjudligi, borligi va kelib chiqishi borasida munozaralar mavjud. Baʼzi tadqiqotchilar yoshlar madaniyati alohida madaniyat emas, deb hisoblaydilar, chunki ularning qadriyatlari va axloqiy qarashlari ota-onalarinikidan farq qilmaydi. Bundan tashqari, tengdoshlar taʼsiri turli kontekstlar, jins, yosh va ijtimoiy holatga qarab juda katta farq qiladi, bu esa yagona „yoshlar madaniyati“ni aniqlashni qiyinlashtiradiSteinberg, L. (2008). Adolescence. New York, NY: McGraw-Hill., bu ularning ota-onalari madaniyatidan farq qiladi. Janssen va boshqalar yoshlar madaniyatining mavjudligini isbotlash uchun qoʻrquvni boshqarish nazariyasidan (TMT) foydalandilar. Ular quyidagi farazni sinovdan oʻtkazdilar: „Agar yoshlar madaniyati oʻsmirlarga zaiflik va hayotning chegaraliligi muammolarini yengishga yordam bersa, unda oʻlim haqidagi eslatmalar yoshlar madaniyatidagi amaliyotlar va eʼtiqodlarga boʻlgan sadoqatning oshishiga olib kelishi kerak.“ Natijalar bu farazni va oldingi tadqiqotlar natijalarini qoʻllab-quvvatladi hamda yoshlar madaniyati – bu haqiqiy madaniyat ekanini koʻrsatdi.
Schwartz va Merten oʻsmirlar tilidan foydalanib, yoshlar madaniyati jamiyatning qolgan qismidan farq qilishini isbotladilar. Schwartz oʻrta maktab oʻquvchilari oʻz lugʻatlaridan oʻsmirlarga xos maʼnolar yaratish uchun foydalanganini taʼkidladi. Xususan, oʻsmirlarning maqomga oid atamalari (yaʼni ular ijtimoiy maqomlarni tasvirlashda ishlatadigan soʻzlar) kattalarning maqom haqidagi baholarida mavjud boʻlmagan xususiyat va belgilarni oʻz ichiga oladi. Schwartzga koʻra, bu kattalar va oʻsmirlarning ijtimoiy tuzilmalarni va ijtimoiy haqiqatni boshqacha tarzda boshdan kechirishini aks ettiradi. Bu farq oʻsmirlar va kattalar oʻrtasidagi madaniy tafovutni koʻrsatadi va yoshlar madaniyatining alohida mavjudligini qoʻllab-quvvatlaydi. Harakatlar Yigirmanchi asr davomida yoshlar turmush tarzi va madaniyatga kuchli taʼsir koʻrsatgan. Flapperlar va Modlar yoshlar madaniyatining jamiyatga taʼsiriga ikki misoldir. Flapperlar Birinchi jahon urushidan keyingi ravnaq topadigan kelajakka ishonchi bor boʻlgan yosh ayollar edi. Bu jonlilik ularning hayotga boʻlgan yangi munosabatlarida namoyon boʻlgan – ular ochiqchasiga ichimlik ichishar, chekishar va baʼzan gangster turidagi erkaklar bilan muloqot qilishar edi. Oʻsha davrda urf boʻlgan kiyim-kechak ham flapperlarning yangi turmush tarzini aks ettirardi.
Modlar esa urush, siyosiy va ijtimoiy muammolar davrida paydo boʻlgan, „modernistlar“ deb atalgan guruhdan kelib chiqqan edi. Ular barcha ijtimoiy qatlamlardan chiqqan yigit-qizlar boʻlib, oʻzlarining moda tanlovlari ularga hamma joyga kirish imkonini beradi va ularga kuch bagʻishlaydi, deb ishonishardi. Modlarning uslubi va zamonaviy texnologiyalarga boʻlgan qiziqishi Buyuk Britaniyadan tashqariga – Shimoliy Amerika va boshqa mamlakatlarga ham tarqaldi. Nazariyalar Yoshlar madaniyatining mavjudligi nisbatan yaqin tarixiy hodisa hisoblanadi. 20-asrda yoshlar madaniyatining paydo boʻlishi haqida bir nechta asosiy nazariyalar mavjud boʻlib, ular yoshlar madaniyatining shakllanishiga tarixiy, iqtisodiy va psixologik omillar taʼsir qilgan, degan farazlarni oʻz ichiga oladi. Tarixiy nazariyalardan biri yoshlar niymadaatining paydo boʻlishini majburiy taʼlimning joriy etilishi bilan bogʻlaydi. James Coleman esa yoshlar madaniyatining alohida shakllanishining ildizi sifatida yosh boʻyicha ajratishni koʻrsatadi. Majburiy taʼlimdan avval, koʻplab bolalar va oʻsmirlar asosan kattalar bilan muloqotda boʻlgan. Aksincha, zamonaviy bolalar koʻproq oʻz tengdoshlari bilan aloqa qilishadi. Ushbu oʻzaro muloqotlar oʻsmirlarga umumiy tajriba va maʼnolarni shakllantirish imkonini beradi, bu esa yoshlar madaniyatining ildizidir.
Yana bir nazariyaga koʻra, baʼzi madaniyatlar yoshlar madaniyatining rivojlanishiga imkon beradi, boshqalari esa yoʻq. Bu farq universalistik va partikulyaristik normalarning mavjudligiga asoslanadi. Partikulyaristik normalar – bu har bir inson uchun har xil boʻlgan xatti-harakat koʻrsatmalaridir. Aksincha, universalistik normalar jamiyatning barcha aʼzolari uchun bir xil qoʻllaniladi. Universalistik normalar asosan sanoatlashgan jamiyatlarda uchraydi. Soʻnggi asrdagi modernizatsiya bu normalarni kengaytirgan, chunki zamonaviy jamiyatlardagi muloqot hamma uchun bir xil normalarni oʻrganishni zarur qiladi. Modernizatsiya va universalistik normalar yoshlar madaniyatining rivojlanishiga turtki bergan. Universal normalarga ehtiyoj tugʻilgani tufayli yoshlarning ijtimoiylashuvi faqat oila doirasida amalga oshirilishi amaliy boʻlmay qoldi, chunki bu holatda yetkaziladigan normalar orasida katta tafovutlar yuzaga kelishi mumkin edi. Shu sababli koʻplab jamiyatlarda maktab kabi yoshlar guruhlashuvi ishlatiladi – bu orqali bolalar jamiyat normalarini oʻrganadilar va kattalik hayotiga tayyorlanadilar. Yoshlar madaniyati esa shu strategiyaning yon mahsulidir. Bolalar birga koʻp vaqt oʻtkazganlari va bir xil narsalarni oʻrganganlari uchun, ular oʻzlariga xos madaniyatni shakllantiradilar.
Psixologik nazariyachilar yoshlar madaniyatining shaxsiyat shakllanishidagi rolini taʼkidlaganlar. Yoshlar madaniyati baʼzida hayot yoʻli noaniq boʻlganda, oʻzini anglash vositasi boʻlishi mumkin. Erik Erikson nazariyasiga koʻra, oʻsmirlik davridagi asosiy psixologik muammo – bu shaxsiy identifikatsiya (kimligini aniqlash) va rol chalkashligi oʻrtasidagi kurashdir. Bu bosqichdagi asosiy savol: „Men kimman?“
Koʻplab jamiyatlarda oʻsmirlardan bolalardek tutish, lekin kattalardek mas’uliyatni olish kutiladi. Baʼzi psixologlar yoshlar madaniyati shakllanishini aynan shu qarama-qarshi kutilmalarni uygʻunlashtirish uchun qadam sifatida tushuntirganlar. Masalan, Talcott Parsons fikricha, oʻsmirlik – bu ota-onalarga bogʻliqlikdan mustaqillikka oʻtish davri. Bu oʻtish davrida tengdoshlar guruhi ota-onalarning oʻrnini vaqtincha bosuvchi vosita boʻlib xizmat qiladiParsons, T. The Social System. Glencoe, Ill: Free Press, 1951.. Burlingame 1970-yilda bu farazni qayta bayon qildi. U oʻsmirlar ota-onalarning oʻrnini tengdoshlar guruhi bilan almashtirishlarini yozdi va bu tengdosh guruhiga tayanish ularning voyaga yetib, kattalarga xos rollarni bajarishga oʻtishlari bilan kamayishini taʼkidladiBurlingame, W. V. The youth culture. In E. D. Evans (Ed.), Adolescents: Readings in behavior and development. Hinsdale, Ill: Dryden Press, 1970, pp. 131-149..
Fasick yoshlar madaniyatini shaxsiy identifikatsiyani shakllantirish vositasi sifatida, bolalikning choʻzilishi va oʻsmirlik davrida mustaqillikka boʻlgan ehtiyoj bilan bogʻlaydi. Fasickning fikricha, oʻsmirlar jamiyatdan ziddiyatli bosimlarga duch keladilar. Majburiy taʼlim ularni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan ota-onalariga qaram qilib qoʻyadi, shu bilan birga, zamonaviy jamiyatning bozor iqtisodiyotida ishtirok etish uchun ular muayyan mustaqillikka erishishlari zarur. Oʻsmirlik davridagi bu qarama-qarshi holatlarga moslashish vositasi sifatida yoshlar oʻzlariga ozodlikni xatti-harakat orqali – xususan, tengdoshlar bilan birga oʻtkaziladigan hordiq orientatsiyalangan faoliyatlar orqali yaratadilar. Oʻsmirlarga taʼsiri
Oʻnlab yillar davomida kattalar yoshlar submadaniyatlari axloqiy buzuqlik va yosh avlodlar orasidagi qadriyatlarning oʻzgarishiga sabab boʻlmoqda, deb xavotirga tushib kelgan. Tadqiqotchilar yoshlar madaniyatini „kattalar dunyosidagi qadriyatlar bilan ziddiyatda boʻlgan“ qadriyatlarni oʻzida mujassam etgan deb tavsiflaganlar. Yoshlar madaniyati bilan bogʻliq keng tarqalgan xavotirlar qatoriga taʼlimga boʻlgan qiziqishning yoʻqligi, spirtli ichimlik va jinsiy faollik kabi xavfli xatti-harakatlarda ishtirok etish hamda hordiq chiqarishga ortiqcha vaqt ajratish kiradiParsons, T. (1954). Age and Sex in the Social Structure of the United States. In Essays in Sociological Theory, 89-103. New York: Free Press.. Bu qarashlar koʻplab kattalarda oʻsmirlar katta avlodlardan farqli qadriyatlarga ega degan ishonchni paydo qilgan va yoshlar madaniyatini jamiyatning hozirgi axloqiga tahdid sifatida qabul qilishga olib kelgan. Bu xavotirlar The Youth Culture Report va Center for Parent Youth Understanding kabi ota-onalar uchun moʻljallangan veb-saytlarning yaratilishiga sabab boʻlgan, ularning maqsadi esa yoshlar orasida katta avlodlarning qadriyatlarini saqlab qolishdir.
Tadqiqotchilar orasida yoshlar submadaniyatlari kattalarnikidan farq qiluvchi eʼtiqodlarga ega-emasligi borasida yakdil fikr yoʻq. Baʼzi tadqiqotchilar yosh boʻyicha ajratishning kuchayishi va shu bilan birga oʻsmirlar orasida oʻz joniga qasd qilish, huquqbuzarlik va nikohgacha boʻlgan homiladorlik kabi moslashuv muammolarining oshishini qayd etganlarBronfenbrenner, U. (1974). The origins of alienation. Scientific American, 231, 53-61.. Biroq, koʻpchilik dalillar shuni koʻrsatadiki, bu yoshlar muammolari yosh avlodlarning boshqacha axloqiy qarashlarga egaligini aks ettirmaydi. Bir nechta tadqiqotlar shuni aniqladiki, aksariyat oʻsmirlar oʻz ota-onalariga oʻxshash qarashlarga egaFasick, F. (1984). Parents, Peers, Youth Culture and Autonomy in Adolescence., Adolescence, 19(73), 143-157.. Bir tadqiqot oʻsmirlar ota-onalaridan uzoqlashgan degan nazariyaga qarshi chiqqan – unda 1976 yildan 1982 yilgacha oʻsmirlarning muammolari ortgani va ular tengdoshlariga kamroq yoʻnaltirilgan boʻlib qolganliklari aniqlanganSebald, H. (1986). Adolescents' shifting orientation toward parents and peers: A curvilinear trend over recent decades. Journal of Marriage and Family, 48, 5-13.. Ikkinchi bir tadqiqotning natijalari – oʻsmirlarning qadriyatlari 1980-yillarda 1960 va 1970-yillarga qaraganda ota-onalarinikiga koʻproq oʻxshash boʻlganligi – Sebaldning topilmalarini tasdiqlaydiGecas, V., & Seff, M. (1990). Families and adolescents: A review of the 1980s. Journal of Marriage and Family, 52, 941-958.. Yana bir tadqiqot oʻsmirlar va ota-onalar qarashlari oʻrtasida farqlarni aniqladi, biroq bu farqlar xatti-harakatlarning oʻzida emas, balki ishonch darajasida ekanligini koʻrsatdiWeinstock, A., & Lerner, R. M. (1972). Attitudes of late adolescents and their parents toward contemporary issues. Psychological Reports, 30, 239-244..
Yoshlar oʻz qarashlarini tengdoshlar va ota-onalari bilan solishtirar ekan, ular orasida pluralistik johillik (yaʼni boshqalar fikrini notoʻgʻri tushunish) ham boʻlishi mumkin. Lerner va boshqalar oʻtkazgan tadqiqotda kollej talabalari bir nechta masalalar boʻyicha oʻz qarashlarini tengdoshlar va ota-onalari bilan solishtirishlari soʻralgan. Koʻpchilik talabalar oʻz qarashlarini ota-onalarining konservativroq qarashlari bilan tengdoshlarining liberallik qarashlari oʻrtasida deb baholagan. Mualliflarning fikricha, buning sababi – talabalar doʻstlarini aslida oʻzlaridan koʻra liberalroq deb qabul qilganliklaridirLerner, R. M., Meisels, M., & Knapp, J. R. (1975). Actual and perceived attitudes of late adolescents and their parents: The phenomenon of the generation gaps. Journal of Genetic Psychology, 126, 195-207..