Baby’s Prayer Will Soon Be Answered – Birinchi jahon urushi davrida yozilgan qoʻshiq boʻlib, 1918-yilda chiqarilgan. Qoʻshiq Henry Burr tomonidan ijro etilgan. Musiqa va soʻzlar Billy Baskette hamda Van & Schenck tomonidan yozilgan. Qoʻshiq Shapiro, Bernstein & Co. nashriyoti tomonidan chop etilgan. Savdo koʻrsatkichlariga koʻra, ushbu qoʻshiq oʻz davrida AQShning eng mashhur 100 qoʻshigʻi orasida taxminan 2-oʻrinni egallagan.
Qoʻshiq fortepiano uchun aranjirovka qilingan boʻlib, moderato tempida yozilgan. Uning matnida oʻz otasining urushdan omon qaytishini sabr bilan kutayotgan va duo qilayotgan mehribon qizaloq haqida hikoya qilinadiBaby's Prayer Will Soon Be Answered. Center for Digital Scholarship. Digital Collections, Brown University Libraries.. Qoʻshiq notalari muqovasida, kemaning bandargohga kirib kelayotgan payti va toʻshagida tiz choʻkib turgan yosh qiz tasvirlangan.
Manbalar
Turkum:Birinchi jahon urushi qo‘shiqlari