Yuriy Stepanovich Stepchuk (1928-yil 20-may, SSSR,Krasnoyarsk oʻlkasi, Nazarovo — 1997-yil 6-avgust, Rossiya, Moskva) — sovet teatr va kinorejissyori. Hayoti Yuriy Stepchuk 1928-yilda Krasnoyarsk oʻlkasining Nazarovo shahrida tugʻilgan. 1954-yilda Aleksandr Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutining rejissyorlik fakultetini tamomlagan. Oʻqishni tugatgach, Oʻzbek davlat estrada birlashmasida bosh rejissyor hamda Toshkentdagi Maksim Gorkiy nomidagi rus drama teatrida rejissyor sifatida faoliyat boshlagan.

Manbalar

Havolalar