„Secrets“ – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weeknd ijrosidagi qoʻshiq boʻlib, uning uchinchi studiyaviy albomi – Starboy (2016) dan joy olgan. Qoʻshiq The Weeknd, Martin „Doc“ McKinney va Henry „Cirkut“ Walter tomonidan yozilgan va prodyusserlik qilingan. Shuningdek, unda Tears for Fears guruhining „Pale Shelter“ hamda The Romantics guruhining „Talking in Your Sleep“ nomli new wave janridagi qoʻshiqlaridan olingan sempllar ishlatilgani bois, Dylan Wiggins, Roland Orzabal, Coz Canler, Jimmy Marinos, Wally Palamarchuk, Mike Skill va Peter Solleylar ham mualliflik huquqiga ega boʻlishgan. „Secrets“ 2017-yil 10-noyabr kuni Italiya radiosi orqali albomning soʻnggi xalqaro singli sifatida chiqarilgan.

Chartlardagi koʻrsatkichlari „Secrets“ Billboard Hot 100 chartida 47-oʻrinni, Canadian Hot 100 da esa 27-oʻrinni egallagan.

Musiqiy klipi „Secrets“ qoʻshigʻining videoklipi Pedro Martin-Calero tomonidan suratga olingan boʻlib, Toronto universitetining Scarborough kampusi hamda Toronto markaziy kutubxonasida tasvirga olingan. Video 2017-yil 11-iyun kuni chiqarilgan va unda qoʻshiqchi Black Atlass ham ishtirok etgan.

Chartlar

Haftalik chartlar Chart (2016–2017) Eng yuqorioʻrin (Monitor Latino) 15 (Monitor Latino) 15

Yil yakuniga koʻra chartlar Chart (2017) Oʻrin (Monitor Latino) 54

Chart (2018) Oʻrin (Monitor Latino) 73

Sertifikatsiya +„Secrets“ning sertifikatsiyasiHududSertifikatsiyaSertifikatlangan birliklar/sotuvlarQoʻshma Shtatlar (RIAA)Platina1,000,000Birlashgan Qirollik (BPI)Kumush200,000Braziliya (Pro-Música Brasil)Platina60,000Kanada (Music Canada)Platina80,000Yangi Zelandiya (RMNZ)Oltin15,000

Chiqarilish tarixi HududSanaFormatLeybl(lar)Italiya2017-yil 10-noyabrContemporary hit radio

Manbalar

Turkum:2016-yil qoʻshiqlari Turkum:2017-yil singllari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar Turkum:The Weeknd prodyuserligidagi qoʻshiqlar Turkum:Republic Records singllari Turkum:XO (yozuv leybli) singllari