Dário Cassia Luís Essugo (2005-yil 14-martda tugʻilgan) – portugaliyalik professional futbolchi, Premyer-liganing „Chelsea“ klubi yarim himoyachisi.

Klublardagi karyerasi Sporting CP Kelib chiqishi Angolaga borib taqaluvchi Essugo Lissabonning Odivelas shahrida tugʻilgan va 9 yoshidan „Sporting CP“ yoshlar akademiyasida toʻp tepishni boshlagan. U 2021-yilning 16-martida klub bilan birinchi professional shartnomasini imzolagan. Toʻrt kundan soʻng, hali oʻsmirlar jamosi tarkibida ham birorta oʻyinda maydonga tushmagan boʻlishiga qaramasdan futbolchi asosiy jamoa bilan Primeira Liga uchrashuvida debyut qilgan. „Vitória S.C.“ga qarshi uchrashuvning ikkinchi boʻlimida João Marioning oʻrniga maydonga tushirilgan futbolchi 16 yosh-u 6 kunlik vaqtida debyut qilgan holda klub tarixida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangan.

2021-yil 7-dekabrda Essugo 16 yosh-u 268 kunligida Chempionlar Ligasi guruh bosqichida „Ayaks“ga qarshi jamoasining safarda kechgan oʻyining ikkinchi boʻlimida zaxiradan maydonga tushirilgan holda Portugaliyaning ushbu turnir doirasida debyut qilgan eng yosh futbolchisiga aylangan. Keyingi 5-mart kuni u klubning oʻz maydonida „Arouca“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda 16 yosh-u 11 oy va 17 kunligida oʻyinni asosiy tarkibda boshlagan holda jamoasining Luís Figo tomonidan oʻrnatilgam eng yosh debyut qilish boʻyicha rekordini ham yangilagan.

2024-yilning 31-yanvarida Essugo mavsum oxiriga qadar Portugaliya yuqori divizionidagi „Chaves“ klubiga ijaraga berilgan. Mavsumning birinchi qismini oʻtkazgan „Sporting“ klubi bilan ikki karra mamlakat chempioniga aylangan boʻlsa, ijara asosida toʻp surgan klubi bilan pastgi diviziyaga tushib ketgan.

Essugo 2024-yilning 30-avgustida Ispaniya La Ligasining „Las Palmas“ klubiga ijaraga berilgan. Futbolchi 21-sentyabr kuni „Osasuna“ga qarshi oʻyinning 74-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan holda yangi jamoa safida debyut qilgan. U oʻzining birinchi golini 23-noyabr kuni boʻlib oʻtgan „Mallorca“ga qarshi uchrashuvda kiritgan, ammo yakunda jamoasi 3:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.

2025-yil 24-yanvarda Essugo „Osasuna“ga qarshi boʻlgan oʻyinda ikkita sariq kartochka olgani uchun maydondan chetlashtirilgan. Maydonni tark etish vaqtida hakam Jesús Gil Manzanoga kinoyali tarzda qarsaklar chalgan va bu xatti-harakatlari uchun u besh kundan soʻng uch oʻyinlik muddatga diskvalifikatsiya qilingan.

Chelsea 2025-yilning 20-martida Premyer-liganing „Chelsea“ klubi Essugoni 18,5 million funt sterling evaziga sotib oldi. Transfer 2-iyun kuni klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati oldidan kuchga kirdi. Futbolchi va uning „Sporting“ klubidagi jamoadoshi Geovany Quenda bir vaqtda sotib olingan boʻlishiga qaramay Quenda shartnomasiga koʻra yana bir mavsum portugal klubida qoladigan boʻldi. U 16-iyun kuni Jahon chempionati guruh bosqichida „Los Angles“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuvda Moisés Caicedo oʻrniga oʻyin yakuniga yaqin zaxiradan maydonga tushgan holda yangi jamoadagi debyutini oʻtkazdi.

Terma jamoadagi karyerasi Essugo Portugaliyaninig turli yosh toifasidagi terma jamolari sharafini himoya qilgan. U 2022-yilda Isroilda boʻlib oʻtadigan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ham ishtirok etgan. Turnirning chorak finalida doirasida Fransiyaga qarshi oʻyinda gol muallifiga ham aylangan. Asosiy va qoʻshimcha taymlardan soʻng 2:2 hisobida yakunlangan oʻyinda penaltilar seriyasida fransuzlarning qoʻli baland kelgan.

Essugo 21 yoshgacha bo‘lgan terma jamoada o‘z ilk o‘yinini atigi 18 yoshida o‘tkazgan. 2023-yil 8-sentyabrda Andorraga qarshi Portugaliyaning 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘rtoqlik uchrashuvida futbolchi oʻyinni asosiy tarkibda boshlagan.

Statyistikasi

+ Klublar miqyosidagi statistikasiKlubMavsumLigaKubokLiga KubogiMintaqaviyBoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarSporting CP2020–2021Primeira Liga10000000—102021–2022Primeira Liga10000010—202022–2023Primeira Liga40003030—1002023–2024Primeira Liga40302010—1002024–2025Primeira Liga20000000—20Umumiy120305050—250Sporting CP B2021–2022Liga 3150————1502022–2023Liga 3120————120Umumiy270————270Chaves (ijara)2023–2024Primeira Liga140————140Las Palmas (ijara)2024–2025La Liga27100———271Chelsea2024–2025Premyer-liga————30302025–2026Premyer-liga00000000—00Umumiy000000003030Karyerasidagi umumiy80130505030961

Sovrinlar Sporting CP Primeira Liga: 2020–2021, 2023–2024, 2024–2025

Chelsea FIFA Klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2025

Manbalar

Havolalar

Turkum:Lissabonda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:Sporting CP B futbolchilari Turkum:G.D. Chaves futbolchilari Turkum:La Liga futbolchilari Turkum:UD Las Palmas futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Liga 3 (Portugaliya) futbolchilari Turkum:Portugaliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar