Belgiya Qirolligi futbol assotsiatsiyasi (; ; ) – Belgiyadagi futbol boʻyicha boshqaruv organidir. 1904-yildan FIFA aʼzosi hisoblanadi, 1954-yilda esa UEFA tashkil topganida ularning asoschilaridan biri boʻlgan. Avvaliga Bryussel shahrida, Qirol Boduin stadioni yaqinida joylashgan edi. 2021-yil oktyabrida assotsiatsiya shtab-kvartirasi Tubize shahriga koʻchdi. Hozirgi prezidenti – Pascale Van Damme.

Jamoalar va musobaqalar Assotsiatsiya Belgiya erkaklar, ayollar va yoshlar terma jamoalari hamda milliy eSport terma jamoasini tashkil etadiBassam, Tom. „Rolling sports business news wrap: Every deal, every day“. . SportsPro. 4 May 2018.. Shuningdek, u quyidagi musobaqalarni oʻz ichiga oladigan Belgiya futbol ligasi tizimini yuritadi:

Belgiya Pro-ligasi Challenger Pro-ligasi Belgiya 1-divizioni Belgiya 2-divizioni Belgiya 3-divizioni Provintsial ligalar Belgiya kubogi Belgiya Superkubogi Futzal musobaqalari Ayollar futboli musobaqalari: Belgiya ayollar Superligasi Begliya ayollar Birinchi divizioni Begliya ayollar Ikkinchi divizioni Begliya ayollar Uchinchi divizioni Belgiya ayollar kubogi 2012–13-yilgi mavsumdan 2014–15-yilgi mavsumgacha assotsiatsiya Niderlandiyaning tegishli tashkiloti bilan hamkorlikda yagona milliy liga – BeNe ligasini tashkil etdi. Keyinchalik esa ikki federatsiya bu qoʻshma ligani tugatib, oʻzlarining alohida ayollar oliy ligalarini qayta tikladilar.

Prezidentlar

1895–1924: Baron Edouard de Laveleye 1924–1929: Graf Joseph d’Oultremont 1929–1937: Rodolphe William Seeldrayers 1937–1943: Oscar van Kesbeeck 1945–1951: Francis Dessain 1951–1967: Georges Hermesse 1967–1987: Louis Wouters 1987–2001: Baron Michel D’Hooghe 2001–2005: Jan Peeters 2006–2017: François De Keersmaecker 2017–2019: Gérard Linard 2019–2021: Mehdi Bayat 2021–2022: Robert Huygens 2022–2023: Paul Van den Bulck 2023–hozir: Pascale Van Damme

Assotsiatsiya mukofotlari Har yili, Belgiya futbol assotsiatsiyasining ijroiya qoʻmitasi munosib shaxslarni mukofotlar bilan taqdirlaydi.

Ular quyidagilardan iborat (eng oliy mukofotdan boshlab):

Baron de Laveleye Oliy ordeni – 2015-yilgacha bu mukofot atigi besh kishiga (jumladan, sobiq prezidentlarga) berilgan. Oltin medal – 10 yil xizmat qilgan faxriy aʼzolarga beriladi. Faxriy aʼzo – odatda 40 yillik xizmat uchun ayrim hakamlar va prezidentlarga beriladi. Nafaqadagi faxriy aʼzo – odatda 30 yillik xizmat uchun ayrim hakamlar yoki prezidentlarga beriladi. Assotsiatsiyasining faxriy nishoni – odatda 20 yillik xizmat uchun hakamlar va prezidentlarga beriladi. Eʼtirof medali – asosan milliy futbol terma jamoasi safida 35 ta oʻyin oʻtkazgan futbolchilarga beriladi. Shuningdek, jarohat tufayli faoliyatini 20 oʻyindan soʻng yakunlagan futbolchilarga ham, hamda Qirollik futbol assotsiatsiyasiga alohida xizmat koʻrsatgan shaxslarga ham taqdim etiladi.

Taqdim etilgan mukofotlar

1992-yilda FIFA Belgiya Futbol Assotsiatsiyasiga FIFA Fair Play mukofotini topshirdi.

Xayriya ishlari 1986-yil yozida, Meksikadagi Jahon chempionati yarim finaliga chiqqan paytda, Belgiya milliy erkaklar terma jamoasi assotsiatsiya delegatsiyasi vakili Michel D’Hooghe tashabbusi bilan „Casa Hogar“ loyihasini boshladi. Bu loyiha Meksikaning sanoat shahri Tolukadagi koʻcha bolalari uchun moʻljallangan boshpana boʻlib, futbolchilar turnirdagi bonuslarining bir qismini aynan shu uyga xayriya sifatida ajratdilar. 25 yil davomida Belgiya Futbol Assotsiatsiyasi bu loyihaga sodiq qoldi va 500 nafar bolaning ovqatlanishi va taʼlim olishini taʼminladi.

Homiylar

Adidas BMW Carrefour Coca-Cola ERGO GLS ING Group Jupiler Luminus PricewaterhouseCoopers Proximus RTBF Sporza

Yana qarang Belgiya milliy futbol terma jamoasi Belgiya ayollar milliy futbol terma jamoasi

Manbalar

Havolalar

Belgiya FIFA vebsaytida

Turkum:UEFA milliy aʼzolari