alt=Kim Tae-hee oq naushniklar bilan, qora ko'ylakda, LG Electronics tadbirida, 2013-yil|thumb|Kim Tae-hee LG kompaniyasining reklama tadbirida, 2013-yilKim Tae-hee (; tugʻilgan 1980-yil 29-martda) — Janubiy Koreyalik aktrisa. U Janubiy Koreyaning eng goʻzal aktrisalaridan biri sifatida tanilganKorea Times: Kim Tae-hee ranked among Korea’s top beauties (2020) Soompi: 10 Most Beautiful Korean Actresses (2020). U eng koʻp quyidagi teleseriallardagi rollari bilan mashhur: Stairway to Heaven (2003–2004), Love Story in Harvard (2004–2005), Iris (2009), My Princess (2011), Yong-pal (2015) va Hi Bye, Mama! (2020).

Erta hayoti va taʼlimi Kim Tae-hee 1980-yil 29-martda Janubiy Koreyaning Ulsan shahrida tug‘ilgan. Uning otasi Kim Yoo-moon 1984-yilda Hankook Union Transportation Company nomli transport kompaniyasiga asos solgan va hozirda uning raisi hisoblanadi. Kim Tae-hee Ulsan hududidagi yordamga muhtoj yoshlarga va buzilgan oilalarga ko‘mak berish maqsadida turli xayriya ishlarida faol qatnashadi

Uning katta opasi Kim Hee-won va ukasi Kim Hyung-soo bor; ukasi aktyorlik faoliyatini Lee Wan sahna nomi ostida olib boradi..

Kim boshlang‘ich ta’limni Samshin boshlang‘ich maktabida, o‘rta ta’limni Daehyun o‘rta maktabida, so‘ngra Ulsan qizlar litseyida olgan.

1999-yilda u Seulga ko‘chib o‘tib, mamlakatdagi nufuzli oliygohlardan biri — Seul Milliy Universitetida o‘qishni boshladi. U yerda SNU ayollar chang‘i klubi prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. 2005-yilda moda dizayni yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olgan.

Faoliyatining boshlanishi (2001–2002) 2000-yilda Kim Tae-hee metroda ketayotganida reklama agentlaridan biri uni ko‘rib qoladi va unga model bo‘lishni taklif qiladi. Shundan so‘ng u turli televizion reklama roliklari va bosma e’lonlarda ishtirok eta boshlaydi.

2001-yilda u ilk bor “Last Present” melodramasida kichik rol bilan aktyorlik faoliyatini boshlaydi.

2002-yilda Kim qisqa metrajli “Living in New Town” filmida va “Let's Go” sitcomida bosh rollarni ijro etadi

Keyingi yili, yaʼni 2003-yilda esa “Screen” va “A Problem at My Younger Brother's House” kabi loyihalarda suratga tushadi..

Mashhurlik va kinodagi debyut (2003–2006) Kim Tae-hee 2003-yilda SBS telekanalining mashhur “Stairway to Heaven” serialida yovuz o‘gay opa roli orqali ommaga tanildi.

2004-yildan boshlab Kim bosh rollarda ishtirok eta boshladi. U avvaliga KBSning mistik janrdagi “Forbidden Love” serialida, so‘ngra SBSning melodramasi “Love Story in Harvard”da rol o‘ynadi. “Love Story in Harvard” serialida Harvard tibbiyot fakulteti talabasi Su In Lee roli orqali tomoshabinlarning katta e'tiboriga sazovor bo‘ladi. Serial o‘ziga xos syujeti — Harvard universitetidagi koreys talabalarining akademik bosim va shaxsiy munosabatlar o‘rtasidagi ichki kurashlari bilan ajralib turadi.

“Love Story in Harvard” seriali butun Janubiy Koreya bo‘ylab barqaror reytinglarga ega bo‘lib, eng yuqori tomosha darajasi 20 foizga yetdi. Kim ushbu roli uchun Baeksang Arts Awards mukofotining “Televizion yo‘nalishdagi eng mashhur aktrisa” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Serial Yaponiyada ham katta muvaffaqiyat qozondi va Kimning xalqaro mashhurligini oshirdi.

“Love Story in Harvard” serialidagi yutuqlardan so‘ng, Kim Tae-hee Janubiy Koreyada eng ko‘p reklama takliflari olgan aktrisalardan biriga aylandi.

2008-yilda Korea Broadcast Advertising Corporation tomonidan u “Yilning eng yaxshi reklama modeli” deb topildi va OAVda unga “CF Queen” (“Reklama malikasi”) unvoni berildi.

Shaxsiy hayoti

Nikoh va oila 2012-yil sentabr oyida Kim Janubiy Koreyalik qo‘shiqchi va aktyor Rain bilan uchrasha boshladi. Ular 2017-yil 19-yanvarda turmush qurishdi.

2017-yil 23-mayda Kimning agentligi Lua Entertainment tomonidan aktrisaning homiladorligi e’lon qilindi. Ularning ikki qizi bor: biri 2017-yil oktabrda, ikkinchisi esa, 2019-yil fevralda tug‘ilgan.

Dini Kim Tae-hee Xristianlikning katolik mazhabiga e'tiqod qiladi.

Manbalar