Laura Carolina González Rodríguez (1999-yil 10-iyunda tugʻilgan) – kolumbiyalik paralimpiya suzuvchisi, S8 va SM8 toifalari boʻyicha musobaqalashadi. U uch karra Parapanamerika oʻyinlari medalisti va Paralimpiada medal sovrindoridir.

Yoshligi González 1999-yil 10-iyunda Meta departamentining Villavicencio shahridagi Eduardo González Valverde oilasida tugʻilgan. Uning Eduardo González Rodríguez ismli akasi bor U suzishni 6 yoshida boshlagan.

Faoliyati González 2019-yilda Bogotá shahrida boʻlib oʻtgan milliy musobaqalarda suzish boʻyicha uchta oltin medalni qoʻlga kiritgan.. U 2019-yilgi Parapanamerika oʻyinlarida qatnashib, 200 metrga aralash usulda suzish boʻyicha oltin, 100 metrga batterfly suzish boʻyicha kumush va 100 metrga erkin usulda suzish boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritgan.

González Kolumbiya sharafini 2020 Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 200 metrga aralash usulda suzish va ayollar oʻrtasida 100 metrga batterfly usulda suzish S8 musobaqalarida himoya qilgan va ikkinchi musobaqada bronza medalini qoʻlga kiritgan. Natijada, u suzish boʻyicha Paralimpiada medalini qoʻlga kiritgan birinchi kolumbiyalik ayol boʻlgan.

Manbalar

Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Villavicencio aholisi Turkum:Kolumbiyalik ayol suzuvchilar Turkum:Kolumbiya paralimpiya suzuvchilari Turkum:2020-yilgi Yozgi Paralimpiada suzuvchilari Turkum:2020-yilgi Yozgi Paralimpiada medal sovrindorlari Turkum:Suzish boʻyicha Paralimpiya medal sovrindorlari Turkum:2019-yilgi Parapanamerika oʻyinlari medal sovrindorlari Turkum:Jahon Para Suzish Chempionati medal sovrindorlari Turkum:S8 toifasidagi para suzuvchilar Turkum:21-asr Kolumbiya sportchilari