Abubacar Ali Abdallah (2006-yil 2-aprelda tugʻilgan) – fransiyalik professional futbolchi, Ligue 1 vakili „Strasbourg“ klubida hujumchi pozitsiyasida oʻynaydi.

Klublardagi karyerasi Fransiyaning Reyunion shahrida tugʻilgan Ali Abdallah dastkab faoliyatini oʻz ona orolida joylasgan „Entente Solidaire de la Convenance“ akademiyasida boshlagan. „AS Bretagne“, „Saint-Denis FC“ kabi klublarda faoliyat olib borgan futbolchi keyinchalik 2022-yil yanvar oyida „Strasbourg“ yoshlar akademiyasiga qoʻshilish uchun Fransiya poytaxtiga joʻnab ketgan.

2024-yilning 10-martida Ali Abdallah Ligue 1 turniridagi debyutini „Monaco“ga qarshi oʻyinda (1:0) zaxiradan maydonga tushgan holda oʻtkazgan. Uning gollardagi birinchi ishtiroki 13-aprel kuni „Reims“ qarshi oʻyinda qayd etilgan boʻlib futbolchi Moïse Sahi Dionning goliga golli uzatma amalga oshirgan va yakunda jamoasi 3-1 hisobida gʻalaba qozongan. 18-aprel kuni esa Ali Abdallah „Strasbourg“ bilan 2027-yilgacha moʻljallangan birinchi professional shartnomasini imzolagan.

2024-yilning 30-avgustida Ali Abdallah mavsumning qolgan qismiga Nîmes klubiga ijaraga berilgan. Biroq futbolchining ijarasi 2025-yil yanvar oyi boshida qisqartirilgan. 2025-yilning 8-yanvarida Ali Abdallah Portugaliyaning „Torreense“ jamoasiga ijara asosida koʻchib oʻtgan.

Terma jamoadagi karyerasi Ali Abdallah Fransiyaning bir necha yosh toifasidagi jamoalari sharafini himoya qilgan. Fransiya U-16 tarkibida 2022-yil 5-may kuni boʻlib oʻtgan Germaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (2:1) debyut qilgan.

Shaxsiy hayoti Kelib chiqishi Mayottadan boʻlgan Ali Abdallah Sainte-Marie shahrida tugʻilgan.

Manbalar

Turkum:RC Strasbourg Alsace futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar