Akbarjonov Aziz Akbarjon oʻgʻli (1985-yil 11-sentyabr, Toshkent, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik iqtisodchi, bankir. Oʻzsanoatqurilishbank ATB Boshqaruvi raisiOʻzsanoatqurilishbank ATB rahbariyati.

Hayoti Aziz Akbarjonov 1985-yil 11-sentyabrda Toshkent shahrida ziyoli oilada tugʻilgan. 2008-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavr bosqichini, 2010-yil ushbu universitetning magistratura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyati U mehnat faoliyatini 2004-yilda Oʻzbekiston milliy banki Toshkent viloyat boʻlimi Korporativ mijozlar bilan ishlash boʻlimi 2-toifali mutaxassisi lavozimidan boshlagan.

„Oʻzsanoatqurilishbank“ ATBdagi mehnat faoliyatini esa 2018-yilda Loyiha boshqaruvi va ijro nazorati departamenti direktori sifatida boshlagan.

2019-yilning noyabr oyidan „Oʻzsanoatqurilishbank“ ATB Kredit direktori (CCO), 2020-yilning yanvar oyidan boshlab esa Kredit bosh direktori lavozimiga tayinlangan.

2020-yilning may oyidan 2023-yilning oktyabriga qadar Akbarjonov Aziz Akbarjon oʻgʻli „Oʻzsanoatqurilishbank“ ATB Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

2023-yilning 3-oktabrda „Oʻzsanoatqurilishbank“ ATB Boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlanganAkbarjonov Aziz Akbarjon oʻgʻli „Oʻzsanoatqurilishbank“ ATB Boshqaruvi Raisi etib tayinlandi.

2024-yil 25-dekabr kuni Aziz Akbarjonov Oʻzbekiston futzal federatsiyasi vitse-prezidenti etib saylangan. Manbalar

Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekistonlik iqtisodchilar