Carpe diem () – lotincha aforizm boʻlib, „lahzani tut“ deb tarjima qilinadi. Bu ibora Rim shoiri Goratsiyning miloddan avvalgi 23-yilda yozilgan „Odes“ asarining 1-kitobidan olingan.
Tarjimasi Carpe – buyruq maylidagi hozirgi zamon feʼlining ikkinchi shaxs birlik shaklidir. Bu feʼl „uzmoq“ yoki „termoq“ maʼnolariga ega. Goratsiy bu soʻzni „bahra olmoq, foydalanmoq“ maʼnosida ishlatgan. Diem esa „dies“ („kun“) soʻzining tuslangan shaklidir. „Carpe diem“ iborasining soʻzma-soʻz tarjimasi „bugungi kunni boy berma“ degan maʼnoni anglatadi. Yaʼni hozirgi lahzadan zavq olish, undan foydalanish kerakligi uqtiradi. Ayrim tadqiqotchilar aynan shu talqin Goratsiy ishlatgan maʼnoga eng yaqin ekanini taʼkidlagan„How 'Carpe Diem' Got Lost in Translation“ by Chi Luu, JStor Daily, 7 August 2019.. Saint Joseph universiteti professori va lotinshunos olima Mariya S. Marsilioning taʼkidlashicha, „carpe diem“ aslida horticultural metaforasi hisoblanadi. Ayniqsa, ushbu ibora sheʼr kontekstidan olinayotganda, „kunni uzish“ deb tarjima qilinsa, ifoda pishib yetilgan mevalar yoki gullarni uzishni, toʻplashni esga soladi. Yaʼni, tabiat bilan bogʻliq hissiy kechinmaga asoslangan holda ayni lahzadan zavqlanishdir.
Tarixi Manbasi Odesdan parcha: „“
Qadimgi adabiyotda Ushbu gʻoyaning ilk yozma ifodasi, Mesopotamiya mifologiyasida Sidurining Gilgameshga bergan maslahatidir. Unda Siduri Gilgameshni motamni tark etib, hayotni qabul qilishga undaydi. Biroq baʼzi olimlarning fikricha, bu nasihat faqat Gilgameshni motamdan voz kechishga chaqiradi, yaʼni motamga oid marosimlarni tark etib, Mesopotamiya jamiyatining odatiy va meʼyoriy hayot tarziga qaytishni anglatadi.
Maʼnosi Goratsiyning asarida bu ibora toʻliq "carpe diem, quam minimum credula postero" shaklida uchraydi. Bu „lahzani tut, ertangi kunga esa imkon qadar kamroq ishon“ deb tarjima qilinadi. Odada aytilishicha kelajak noaniq va oldindan aytib boʻlmaydigan hodisalarga toʻla. Inson esa kelajakdagi voqealarni tasodiflarga qoldirmasligi, balki kelajagini yaxshilash uchun bugun imkon qadar koʻproq harakat qilishi kerakligi uqtiriladi. Ushbu ibora Goratsiyning epikuriycha dunyoqarashi nuqtai nazaridan izohlanadi.
Aloqador iboralar
"Collige, virgo, rosas" („Ter, qiz, atirgullarni“) iborasi „De rosis nascentibus“ („Gullayotgan atirgullar haqida“) nomli sheʼrning oxirida uchraydi„“ in a collection of the works of Virgil under the note (This poem was written by an unknown poet); , Augsburg University of Applied Sciences. Bu asar Ausonius yoki Vergiliyga mansub deb hisoblanadi. Ushbu ibora yoshlarni hayotdan zavqlanishga, kech boʻlmasdan oldin goʻzallik va lahzani qadrlashga undaydi.Robert Herrickning 1648-yilda yozilgan „To the Virgins, to Make Much of Time“ nomli sheʼridagi „Gather ye rosebuds while ye may“ („Gulchambarlaringni imkon borida toʻpla“) misrasi bilan taqqoslash mumkin.
„De Brevitate Vitae“ („Hayotning qisqaligi haqida“), „Gaudeamus igitur“ („Keling, quvonaylik“) nomi bilan mashhur, talabalik hayotidan zavqlanishga undovchi mashhur akademik qoʻshiqdir. Unda inson bir kun kelib vafot etishi muqarrarligi eslatiladi. Ushbu qoʻshiq oʻrta asrlar lotin tilida yozilgan boʻlib, 1287-yilga toʻgʻri keladi.
„Carpe diem“ iborasiga maʼno jihatdan yaqin boʻlsa-da, mazmunan farqli boʻlgan boshqa bir ibora – memento mori (oʻlishingni esla) ham mavjud. Horatsiy oʻz oʻlimimiz haqida xabardor boʻlishni aynan lahza muhimligini anglashda asosiy omil deb bilgan. „Oʻlimga mahkumligingni esla va bugungi kunni qoʻldan boy berma.“ Vaqt oʻtishi bilan memento mori iborasi koʻplab vanitas rasmlarida keltirilgandek, tavba qilish bilan bogʻliq boʻlib qoldi. Bugungi kunda koʻpchilik ushbu ikki iborani qarama-qarshi maʼnoga ega deb qabul qiladi: carpe diem hayotdan zavqlanishni, memento mori esa uning jozibasiga qarshi turish kerakligi uqtiradi. Aslida esa, Horatsiy tomonidan ishlatilgan memento mori iborasining ilk maʼnosi bu emas edi.
Ommaviy madaniyatga taʼsiri Zamonaviy ingliz tilida keng tarqalgan „YOLO“ („you only live once“ – yaʼni „sen faqat bir marta yashaysan“) iborasi ham shu kabi mazmunga ega.
1989-yilda suratga olingan amerikaning „O‘lik shoirlar jamiyati“ filmida aktyor Robin Williams tomonidan ijro etilgan ingliz tili oʻqituvchisi Jon Kiting shunday soʻzlarni aytadi: „Carpe diem. Yigitlar! bugungi kunni boy bermang. Oʻzgacha yashang.“ Keyinchalik ushbu iqtibos American Film Instituteining eng yaxshi 100 ta kino iboralari roʻyxatida 95-oʻrinni egallagan.
Animal Crossing videooʻyinlar turkumida baliq tutish jarayonida ushbu iboraga ishora qiluvchi xabarlarni koʻrish mumkin. Animal Crossing hamda Animal Crossing: Wild World oʻyinlarida Crucian carp baliqini tutgan paytda „Men crucian karp tutdim! Carpe diem!“ degan xabar chiqadi.
Manbalar