Ozarbayjon Gran-prisi (; ) – Formula 1 avtopoygasi musobaqasi boʻlib, u ilk bor 2017-yilda oʻtkazilgan. Musobaqa Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida joylashgan koʻcha trassasi hisoblanmish Baku City Circuitda oʻtkaziladi.

Musobaqa kamida 2026-yilgacha Boku poyga trassasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Tarixi Ozarbayjonda oʻtkazilgan ilk Formula 1 Gran-prisi 2016-yilgi Yevropa Gran-prisi boʻlib, u Baku City Circuitda oʻtkazilgan. Oradan bir yil oʻtib, 2017-yilda aynan shu joyda birinchi Ozarbayjon Gran-prisi boʻlib oʻtdi. Musobaqa 25-iyun kuni boʻlib oʻtdi va u 2017-yilgi Formula 1 mavsumida koʻcha poygalari formatida oʻtkazilgan beshta musobaqadan biri edi – qolganlari Singapur, Monako, Avstraliya va Kanada Gran-prilari edi. Birinchi Ozarbayjon Gran-prisining gʻolibi Red Bull jamoasidan Daniel Ricciardo boʻlib, bu uning oʻsha mavsumdagi ilk gʻalabasi boʻlgan. thumb|2018-yilgi Ozarbayjon Gran-prisi va orqa fonda Boku shahar devorlari 2018-yilgi Ozarbayjon Gran-prisi mavsumning toʻrtinchi bosqichi sifatida 29-aprel kuni boʻlib oʻtdi va bu poygada Lewis Hamilton gʻalaba qozondi Lewis Hamilton wins Azerbaijan Grand Prix after Red Bulls suffer calamity.

2019-yilgi Gran-pri poygasi 28-aprel kuni mavsumning toʻrtinchi bosqichi sifatida boʻlib oʻtdi va unda Valtteri Bottas gʻalaba qozondi. 2020-yil mart oyida esa 2020-yilgi poyga COVID-19 pandemiyasi tufayli kechiktirildi, keyinchalik esa butunlay bekor qilindi. 2021-yilgi poyga mavsumning oltinchi bosqichi sifatida oʻtkazildi va unda koʻp vaqt davomida yetakchilik qilgan Max Verstappen shina ishdan chiqqani sababli bahsni tark etgach, Sergio Pérez gʻalaba qozondi. 2022-yilgi Gran-pri poygasida esa Verstappen gʻolib boʻldi.

2023-yilgi Ozarbayjon Gran-prisi yangi format joriy etilgan birinchi Gran-pri boʻldi. Bu formatda „sprint shootout“ deb nomlangan yangi saralash bosqichi boʻlib oʻtdi va u 2023-yilgi mavsumdagi olti sprintdan biri uchun start tartibini belgilab berdi. Sergio Pérez asosiy poygada ham, sprintda ham zafar quchib, Ozarbayjon Gran-prisini ikki marta yutgan ilk haydovchiga aylandi. 2024-yilda esa Ozarbayjon Gran-prisi Yaponiya Gran-prisi bilan oʻzaro joy almashib, sentabrga koʻchirildi.

Gʻoliblar

Koʻp marotaba gʻolib boʻlgan haydovchilar Qalin uslubda yozilgan haydovchilar Formula 1 ning hozirgi mavsumida ham ishtirok etmoqda Gʻalabalar soniHaydovchiGʻalaba qozongan yillari2 Sergio Pérez2021, 2023Manbalar:

Koʻp marotaba gʻolib boʻlgan jamoalar Qalin uslubda yozilgan jamoalar Formula 1 ning hozirgi mavsumida ham ishtirok etmoqda Gʻalabalar soniJamoaGʻalaba qozongan yillari4 Red Bull Racing2017, 2021, 2022, 20232 Mercedes2018, 2019Manbalar:

Koʻp marotaba gʻolib boʻlgan konstruktorlar Qalin uslubda yozilgan konstruktorlar Formula 1 ning hozirgi mavsumida ham ishtirok etmoqda Gʻalabalar soniKonstruktorGʻalaba qozongan yillari3 Mercedes2018, 2019, 2024Manbalar:

Yillar boʻyicha gʻoliblar YilHaydovchiJamoaHisobot2017 Daniel RicciardoRed Bull Racing-TAG HeuerHisobot2018 Lewis HamiltonMercedesHisobot2019 Valtteri BottasMercedesHisobot2020COVID-19 pandemiyasi sababli oʻtkazilmagan2021 Sergio PérezRed Bull Racing-HondaHisobot2022 Max VerstappenRed Bull Racing-RBPTHisobot2023 Sergio PérezRed Bull Racing-Honda RBPTHisobot2024 Oscar PiastriMcLaren-MercedesHisobotManbalar:

Izohlar

Manbalar

Turkum:Milliy Gran-prilar Formula 1