Norte de Santander – Kolumbiyaning shimoli-sharqida joylashgan departamentlardan biri. U mamlakatning shimolida, Venesuela bilan chegaradosh hududda joylashgan. Departament markazi – Kolumbiyaning yirik shaharlaridan biri boʻlgan Kukuta.

Norte de Santander sharq va shimolda Venesuela, janubda Santander va Boyacá departamentlari, gʻarbda esa Santander va Cesar departamentlari bilan chegaradosh.

Departamentning rasmiy nomi – Departamento de Norte de Santander boʻlib, u Kolumbiyalik harbiy va siyosiy yetakchi Francisco de Paula Santander sharafiga qoʻyilgan. Santander Kukuta yaqinida tugʻilib, shu yerda voyaga yetgan.

Hozirgi Norte de Santander hududi Kolumbiya tarixida muhim oʻrin tutadi. Ispaniyaga qarshi mustaqillik urushi davrida, aynan shu yerda joylashgan Villa del Rosario shahrida Kongress tomonidan Buyuk Kolumbiya tashkil etilgan.

Manbalar

Havolalar

Gobernacion de Norte de Santander Acnur on Norte de Santander Turkum:Kolumbiya departamentlari