Victor-Marie Hugo (; 26-fevral 1802, Bezanson — 22-may 1885, Parij) — fransuz yozuvchisi (shoir, prozachi va dramaturg), fransuz romantitsizmining boshligʻi va nazariyachisi. Fransuz akademiyasining aʼzosi (1841).

GYUGO (Hugo) Viktor Mari (1802.26.2, Bezanson — 1885.22.5, Parij) — fransuz adibi, romantizmning yirik namoyandasi. Dastlabki asari — "Qasidalar" (1821) sheʼrlar toʻplami monarxiya gʻoyalari taʼsirida boʻlib, 20-yillarning 2-yarmidan demokratik qarashlari mustahkamlana borgan. Isyonkorlik ruhi bilan sugʻorilgan "Kromvel" (1827), "Sharq motivlari" (1829), "Marion Delorm" (1829), "Ernani" (1830), "Ryui Blaz" (1838) va boshqa sheʼriy va dramatik asarlarida davrning dolzarb masalalari aks etgan. "Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi" (1831) tarixiy romani voqealari oʻrta asrda boʻlib oʻtadi, asarda muhabbat fojiasi tasvirlanadi. 1848-yildagi inqilobni olqishlagan. Lui Bonapartning davlat toʻntarishini (1851) qoralagan. Shundan soʻng 18 yil surgunda boʻlib, qator romanlar yozgan. "Pakana Napoleon" (1852), "Xoʻrlanganlar" (1862), "Dengiz zahmatkashlari" (1866), "Kulib turuvchi kishi" (1869), "Bir jinoyat tarixi" (1877—78) romanlarini yozib, ularda oddiy fransuzlarning ogʻir hayoti va kurashini tasvirlaydi. G. romanlaridagi buyuk va olijanob insonlar turmushdagi pastkashliklar va illatlarga qarshi kurashishadi. "Dahshatli yil" (1872) sheʼrlar toʻplami fransuz-pruss urushi va Parij Kommunasi (1871) voqealariga bagʻishlangan. Soʻnggi "93-yil" romani (1874)da inqilobga xayrixoxlik bilan qaragan. "Dengiz zahmatkashlari" (1938, 1965), "Xoʻrlanganlar"ning "Kozeta" va "Gavrosh" boʻlimlari (1952, 1955), "Byug Jargal" (1982) Q. Mirmuhamedov, Nurbek, E. Obidov tarjimasida oʻzbek tilida nashr qilingan, "Kulib turuvchi kishi" Navoiy teatrida sahnalashtirilgan (1966).

Tanlangan bibliografiya

Asosiy asarlar ManbaHugoning tarjimai holi va asarlar roʻyxati

Romanlar: "Rad etilganlar" (1862)

2) "Dengiz ishchilari" (1866) "Kulayotgan odam" (1869) "Toʻqson uchinchi yil" (1874)

Sheʼriy toʻplamlar: "Qasidalar va turli sheʼrlar" (1822) "Qasidalar va balladalar (1826) "Sharq taronalari" (1829) "Kuzgi barglar" (1831) "Ichki ovozlar" (1837) "Nur va soya" (1840) "Qasd" (1853) "Qahrli yil" (1872) "Buva boʻlish sanʼati" (1877)

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

V.M.Hugo asarlarining qisqacha mazmuni

Turkum:Tarixiy romanl mualliflari Turkum:Fransiya yozuvchilari Turkum:Fransuz yozuvchilar Turkum:Fransiya shoirlari Turkum:Fransuz akademiyasi aʼzolari Turkum:Fransuz shoirlari Turkum:Fransiya dramaturglari Turkum:Romantizm yozuvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar