Jan Tomáš „Miloš“ Forman (; 1932-yil 18-fevral – 2018-yil 13-aprel) – chex millatiga mansub amerikalik kino rejissor, ssenarist, aktyor va professor. 1968-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlariga koʻchib ketishidan oldin oʻz vatani Chexoslovakiyada shuhrat qozongan edi. Forman oʻz faoliyati davomida ikkita „Oscar“ mukofoti, BAFTA mukofoti, uchta „Oltin globus“ mukofoti, „Oltin ayiq“, Sezar mukofoti va Chexiya „Sheri“ mukofotlarini qoʻlga kiritganList of Milos Forman nominations . Awardsdatabase.oscars.org (29 January 2010). Retrieved on 23 June 2011.. U barcha davrlarning eng buyuk kino rejissorlaridan biri sifatida tan olinadi.

Forman Chexoslovakiya yangi toʻlqinining muhim namoyandasi edi. Kino tadqiqotchilari va Chexoslovakiya rasmiy doiralari uning 1967-yilda suratga olingan „“ filmini Sharqiy Yevropa kommunizmiga qarshi oʻtkir hajviya sifatida talqin qildilar. Film dastlab uning vatanidagi kinoteatrlarda Praga bahorining islohotchilik ruhidagi muhitida namoyish etilgan. Biroq, 1968-yilda Varshava shartnomasi mamlakatlarining bosqinidan keyin, kommunistik hukumat tomonidan taqiqlab qoʻyilgan. Natijada, Forman Chexoslovakiyani tark etishga majbur boʻlib, AQShga koʻchib oʻtgan va u yerda film yaratish faoliyatini davom ettirgan.

U psixologik drama „Kakku uyasi uzra parvoz“ (1975) va biografik drama „Amadeus“ (1984) kinolari uchun eng yaxshi rejissyor sifatida ikkita Akademiya mukofotiga sazovor boʻlgan. Shu davrda u yana „Black Peter“ (1964), „Loves of a Blonde“ (1965), „Hair“ (1979), „Ragtime“ (1981), „Valmont“ (1989), „The People vs. Larry Flynt“ (1996) va „Man on the Moon“ (1999) kabi mashhur va eʼtirofga loyiq filmlarni ham suratga olgan.

Manbalar

Adabiyotlar Milos Forman hikoyalari fon Antonin J. Liem

Havolalar

Miloš Forman Czech.cz saytidagi profili

Turkum:Amerikalik erkak ssenaristlar Turkum:Amerikalik erkak kino aktyorlar