Arqadagʻ stadioni () – Turkmanistonning Arqadagʻ shahrida joylashgan koʻplar sport turlariga ixtisoslashgan sport majmuasi. Stadion asosan Arqadagʻ futbol jamoasining uy maydoni sifatida xizmat qiladi. Stadion 10 000 nafar tomoshabinni sigʻdira oladi.

Tarixi

Arqadagʻ stadioni 2019-yil dekabridan 2023-yil fevraligacha qurilganStadium.

Stadion Arqadagʻ shahrining, Mahtumquli Firogʻiy koʻchasi 30-uyida joylashgan. Sport majmuasida shuningdek, ogʻir atletika, stol tennisi, boks, kamondan otish, yengil atletika va futbol kabi turli sport turlari boʻyicha mashgʻulotlar va musobaqalar oʻtkazish uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

2023-yil 1-iyulda yangi qurilgan stadionda ilk futbol oʻyini boʻlib oʻtdi. Unda mahalliy „Arqadagʻ“ jamoasi Turkmanistonning amaldagi chempioni „Ahal“ klubini 3:0 hisobida magʻlub etgan. 10 000 nafar tomoshabin ishtirokida oʻtgan bu uchrashuv „Arqadagʻ“ jamoasi uchun yangi davrni boshlab bergan. Gollarni Begmirat Bayov, Shanazar Tirkishov va Orazberdi Miradov kiritdilar. „Arqadagʻ“ stadioni 2023-yilgi Turkmaniston kubogi finaliga mezbonlik qilgan.

2025-yil 12-mart kuni „Arqadagʻ“ stadionida tarixiy voqea sodir boʻldi: bu stadion ilk bor xalqaro rasmiy futbol oʻyiniga mezbonlik qilgan. AFC Chaqiruv Ligasi chorak finalining ikkinchi bosqichida „Arqadagʻ“ futbol klubi va Hindistonning „East Bengal“ jamoasi oʻrtasidagi uchrashuv (2:1)Match stadion va shaharning xalqaro futbol maydonidagi debyuti boʻlganrt359504.03.2025.

Umumiy maʼlumot

Majmuaning umumiy maydoni 16,98 gektarni tashkil etadi, bunda maʼmuriy bino 36,66 kvadrat metr joyni egallaydi. Stadion inshootining balandligi 22,10 metr boʻlib, yertoʻla qavati bilan birga ikki qavatdan iborat. 10 ming tomoshabinga moʻljallangan stadion oʻzaro bogʻlangan yettita blokdan tashkil topgan. Asosiy futbol maydonining maydoni 7844 kvadrat metrni, sport maydonlarining umumiy maydoni esa 1057,12 kvadrat metrni tashkil etadiStadium.

Yana qarang Turkmanistondagi futbol stadionlari roʻyxati Turkmanistonda futbol Nusay stadioni

Manbalar

Havolalar Arqadagʻ stadioni Arqadagʻ shahar veb-saytida

Turkum:Turkmanistondagi futbol stadionlari Turkum:2023-yilda qurilgan sport inshootlari Turkum:Axal viloyati Turkum:2023-yilda Turkmanistonda tashkil etilganlar