2019-yilgi UEFA Yevropa ligasi finali – 2018–19-yilgi UEFA Yevropa Ligasi mavsumining final uchrashuvi boʻlib, bu UEFA tomonidan tashkil etilgan klublar miqyosidagi Yevropaning ikkinchi darajali futbol turnirining 48-mavsumi, hamda UEFA Kubogi nomidan UEFA Yevropa Ligasi nomiga oʻzgartirilganidan keyingi 10-mavsum edi. Uchrashuv 2019-yil 29-may kuni Ozarbayjonning Boku shahridagi Olimpic Stadium arenasida boʻlib oʻtdi. Finalda ingliz klublari – „Chelsea“ va „Arsenal“ toʻqnash kelishdi. Ular yarim finalda mos ravishda „Eintracht Frankfurt“ va „Valencia“ni magʻlub etib, finalda „London derbisi“ boʻlishini taʼminlashgan edi. Bu UEFA Yevropa Ligasi (va UEFA Kubogi) tarixida bir mamlakat klublari ishtirok etgan 10-final, faqat ingliz jamoalari oʻrtasidagi 2-final va bir shahardan boʻlgan jamoalar oʻrtasidagi ilk final edi.

„Chelsea“ finalda 4:1 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz tarixidagi ikkinchi UEFA Yevropa Ligasi kubogini qoʻlga kiritdi. Gʻolib sifatida ular 2018–2019-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi „Liverpool“ga qarshi 2019-yilgi UEFA Superkubogida oʻynash huquqini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, „Chelsea“ liga natijalari orqali allaqachon Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yoʻllanma olgani sababli, Yevropa Ligasi gʻolibiga ajratilgan guruh bosqichidagi joy 2018–19-yilgi Ligue 1ning uchinchi oʻrinni egallagan jamoasi – „Olympique Lyonnais“ berildi.

Ushbu mavsumdan boshlab, Yevropa Ligasi finali Chempionlar Ligasi finali bilan bir haftada oʻtkazila boshlandi. 2018-yil mart oyida UEFA qoʻshimcha vaqt davomida toʻrtinchi almashtirishga ruxsat berilishini va zaxira oʻyinchilar soni 7 tadan 12 taga oshirilganini eʼlon qildi. Shuningdek, oʻyin boshlanish vaqti 20:45 CESTdan 21:00 CESTga oʻzgartirildi. Bu uchrashuv Yevropa Ligasi tarixida ilk bor Video assistant referee (VAR) tizimi qoʻllanilgan oʻyin boʻldi.

Tarixiy fon „Chelsea“ oʻz tarixida ikkinchi marta Yevropa Ligasi final oʻyinida ishtirok etayotga edi, ular 2013-yilgi ilk finalda „Benfica“ klubi ustidan 2–1 hisobida gʻalaba qozongan. Ushbu uchrashuv ularning umumiy hisobda oltinchi yevrokubok finali boʻlib, bundan tashqari ular 1971-yilda (2–1 hisobida „Real Madrid“ ustidan gʻalaba) va 1998-yilda (1–0 hisobida „VfB Stuttgart“ ustidan gʻalaba) boʻlib oʻtgan ikki Kubok egalari kubogi finallarida, hamda UEFA Chempionlar Ligasining 2008-yilgi (1–1, penaltilarda 6–5 hisobida „Manchester United“ga imkoniyatni boy bergan) va 2012-yilgi (1–1, penaltilarda 4–3 hisobida „Bayern Munich“ ustidan gʻalaba qozongan) finallarida qatnashgan edi. Ingliz klublariga qarshi jamoa yevrokuboklar doirasida oʻn yettita uchrashuvda maydonga tushgan boʻlib, 6 ta gʻalaba, 7 ta durang (shulardan ikkitasi penaltilarda boy berilgan) va 4 ta magʻlubiyat qayd etgan edi. Eng soʻnggi uchrashuvda, ular 2010–2011-yilgi Chempionlar Ligasi chorak finalida „Manchester United“ga ikkala oʻyinda ham yutqazishgan.

„Arsenal“ ham oʻzining ikkinchi Yevropa Ligasi finalida ishtirok etayotgan edi; ular 2000-yilda penaltilar seriyasida „Galatasaray“ga yutqazgan. „Chelsea“ kabi, bu ham ularning UEFA musobaqalarida oltinchi finali edi. Eng soʻnggi marotaba ular 2006-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finalida ishtirok etib, 2–1 hisobida „Barcelona“ga magʻlub boʻlishgan. Shuningdek, ular Kubok egalari kubogi finaliga uch marta chiqqan: 1980-yilda, 0–0 hisobida durangdan soʻng, penaltilarda 5–4 hisobida "Valenciaga yutqazishgan; 1994-yilda „Parma“ ustidan 1–0 hisobida gʻalaba qozonishgan va 1995-yilda 2–1 hisobida „Zaragoza“ga magʻlub boʻlishgan.

„Arsenal“ ingliz klublariga qarshi yervrokuboklar doirasida oʻtkazilgan avvalgi oltita uchrashuvda gʻalaba qozona olmagan, ulardan 2 tasida durang qayd etilgan boʻlsa qolgan 4 ta uchrashuvda imkoniyatni boy berishgan. Eng soʻnggi marta ular 2008–2009-yilgi Chempionlar ligasi yarim finalida „Manchester United“ga ikkala uchrashuvda ham yutqazishgan edi The match was the fourth Europa League final for manager Unai Emery, who joined Arsenal at the start of the season as the replacement for Arsène Wenger.. Ushbu final „Arsenal“ bosh murabbiyi Unai Emery uchun ham toʻrtinchi Yevropa Ligasi finali boʻldi. Emery mavsum boshida Arsène Wenger oʻrniga murabbiylikni egallagan edi. U Yevropa Ligasi finallarida mukammal natijaga ega boʻlib, „Sevilla“ bilan 2014, 2015 va 2016-yillarda ketma-ket uch marta gʻolib chiqqan. Undan tashqari Emery bu final orqali Yevropa Ligasi finallarida eng koʻp qatnashgan murabbiyga ham aylanib olib, bundan oldin ushbu ishni uch martadan amalga oshirga Giovanni Trapattoni (1977, 1991, 1993) va Sven-Göran Erikssonni (1982, 1983, 1998) ortda qoldirdi. Agar bu oʻyinda ham gʻalaba qozonganida, u Trapattonidan oʻzib ketib, toʻrtta sovrin bilan ushbu musobaqa tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiy sifatida tarixga kirgan boʻlardi.

Final uchrashuvi „Chelsea“ va „Arsenal“ oʻrtasidagi 198-London derbisi edi. Bungacha boʻlgan natijalarda „Arsenal“da 76 ta, „Chelsea“da esa 63 ta gʻalabaga mavjud boʻlgan boʻlsa, yana 58 ta uchrashuv durang natija bilan tugagan. Jamoalar 2018–19-yilgi Premyer-liga mavsumida ikki marta oʻzaro toʻqnash kelishgan, ikkala oʻyinda ham mezbon jamoa gʻalaba qozongan: birinchisi Stamford Bridgeda „Chelsea“ 3–2 hisobida, ikkinchisi esa Emirates Stadiumda Arsenal 2–0 hisobida. Yevrokuboklarda esa ular avval bir marta, 2003–2004-yilgi UEFA Chempionlar ligasi chorak finalida uchrashishgan: birinchi uchrashuv 1–1 hisobida tugagan, ikkinchisida esa „Chelsea“ safarda 2–1 hisobida gʻalaba qozonib, yarim finalga yoʻl olgan. Mahalliy musobaqalarda esa jamoalar uch marta finalda toʻqnash kelishgan: „Arsenal“ 2002 va 2017-yilgi Angliya kubogi finalida gʻalaba qozongan, „Chelsea“ esa 2007-yilgi Angliya Liga kubogi finalida shahardoshlarini taslim etgan.

Uchrashuv Yevropa ligasi (UEFA Kubogi) tarixidagi ikkinchi inglizlararo finali boʻldi, birinchisi 1972-yilda „Wolverhampton Wanderers“ va „Tottenham Hotspur“ oʻrtasida oʻtkazilgan edi. Umumiy olganda, bu ushbu turnir tarixidagi oʻnchi bir davlat jamoalari ishtirokidagi final bahsi boʻldi. Bungacha bu ish toʻrt marta Italiya jamoalari (1990, 1991, 1995 va 1998), ikki marta Ispaniya jamoalari (2007 va 2012), bir marta Germaniya (1980) va Portugaliya jamoalari (2011) ishtirokida sodir boʻlgan edi. Bu birinchi marta Yevropa ligasida bir shaharning (London) ikki jamoasi toʻqnash kelishi boʻldi. UEFAning klublar musobaqalari finalida esa bu toʻrtinchi holat edi – bungacha „Atlético Madrid“ va „Real Madrid“ 2014 hamda 2016-yilgi Chempionlar ligasi finallarida va 2018-yilgi UEFA Superkubogida toʻqnash kelishgan. Bundan tashqari, „Tottenham Hotspur“ va „Liverpool“ jamoalari ham 2019-yilgi UEFA Chempionlar ligasi finaliga chiqqani sababli, ilk bor bir mavsumda yirik Yevropa klublar miqyosidagi musobaqalarining bir nechta finallarida bir mamlakat jamoalari ishtirok etdi.

Avvalgi finallar Quyidagi jadvalda 2009-yilgacha bo‘lgan finallar UEFA Kubogi davriga, 2010-yildan keyin o‘tkazilgan finallar esa UEFA Yevropa ligasi davriga taalluqlidir.

JamoaAvvalgi finallardagi ishtirok (qalinlashtirib koʻrsatilganlar yutganini bildiradi) Chelsea1 (2013) Arsenal1 (2000)

Mezbon

Bu Yevropaning klublar miqyosidagi musobaqasi finalining ilk bor Ozarbayjonda oʻtkazilishi boʻldi. Keyinchalik, ushbu stadion UEFA Yevro 2020 turniriga mezbon arenalaridan biri sifatida ham tanlandi.

Mezbon tanlash jarayoni UEFA 2016-yil 9-dekabrda ilk bor ochiq tanlov jarayonini eʼlon qildi. Unga koʻra, turli klublar musobaqalari finallari (UEFA Chempionlar Ligasi, UEFA Yevropa Ligasi, UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi va UEFA Superkubogi) oʻtkaziladigan arenalarni tanlash belgilandi.

Assotsiatsiyalar 2017-yil 27-yanvargacha oʻz qiziqishlarini bildirishlari kerak edi, va tanlov hujjatlarini topshirish uchun oxirgi muddat etib 2017-yil 6-iyun belgilandi.

UEFA 2017-yil 3-fevralda oltita assotsiatsiya mezbonlikka qiziqish bildirganini eʼlon qildi va 2017-yil 7-iyunda uchta assotsiatsiya 2019-yilgi UEFA Yevropa Ligasi finalini oʻtkazish uchun ariza topshirganini tasdiqladi.

+2019-yilgi UEFA Yevropa ligasi finalini oʻtkazish uchun ariza topshirgan davlatlar Davlat Stadion Shahar Sigʻimi Maʼlumot Baku Olympic Stadium Baku 69,870 Shuningdek 2019-yilgi UEFA Chempionlar ligasi finali uchun ham ariza bergan Estadio Ramón Sánchez Pizjuán Sevilya 42,500 Vodafone Park Istanbul 41,903 Shuningdek 2019-yilgi UEFA Superkubogi uchun ham ariza bergan

Quyidagi assotsiatsiyalar mezbonlikka qiziqish bildirgan, biroq yakunda ariza topshirmagan edi: Gruziya: Boris Paychadze nomidagi Dinamo-Arena stadioni, Tbilisi Germaniya: MHPArena, Shtutgart Shotlandiya: Hampden Park, Glazgo

UEFA tomonidan tanlov arizalarini baholash hisoboti 2017-yil 14-sentyabrda eʼlon qilindi. 2017-yil 20-sentyabrda UEFA Ijroiya qoʻmitasi tomonidan Olympic Stadium final mezboni sifatida tanlandi, Vodafone Park esa 2019-yilgi UEFA Superkubogiga mezbonlik qiladigan boʻldi.

Finalgacha yoʻl

Eslatma: Quyidagi barcha natijalarda finalchi jamoa hisobi birinchi koʻrsatilgan (H: uyidagi oʻyin; A: safardagi oʻyin). ChelseaBosqich ArsenalRaqibNatijaGuruh bosqichiRaqibNatija PAOK1–0 (A)1-tur Vorskla Poltava4–2 (H) MOL Vidi1–0 (H)2-tur Qarabağ3–0 (A) BATE Borisov3–1 (H)3-tur Sporting CP1–0 (A) BATE Borisov1–0 (A)4-tur Sporting CP0–0 (H) PAOK4–0 (H)5-tur Vorskla Poltava3–0 (A) MOL Vidi2–2 (A)6-tur Qarabağ1–0 (H)L guruhida 1-oʻrinYakuniy natijaE guruhida 1-oʻrinRaqibNatija1-oʻyin2-oʻyinPlay-offRaqibNatija1-oʻyin2-oʻyin Malmö FF5–12–1 (A)3–0 (H)1/32 bosqich BATE Borisov3–10–1 (A)3–0 (H) Dynamo Kyiv8–03–0 (H)5–0 (A)1/16 bosqich Rennes4–31–3 (A)3–0 (H) Slavia Prague5–31–0 (A)4–3 (H)Chorak final Napoli3–02–0 (H)1–0 (A) Eintracht Frankfurt2–2 1–1 (A)1–1 (H)Yarim final Valencia7–33–1 (H)4–2 (A)

Oʻyin Qisqa sharh Birinchi boʻlimda hisob ochilmadi. Dastlab „Arsenal“ safida Granit Xhaka darvoza toʻsinini nishonga olgan boʻlsa, „Chelsea“ hujumchisi Olivier Giroudning pastki burchakka yoʻllagan zarbasini Petr Čech qaytarib qoldi.

49-daqiqada Giroud hisobni ochdi – Emerson Palmierining chap qanotdan bergan uzatmasidan soʻng u 12 yard masofadan pastgi chap burchakka toʻpni joylab qoʻydi.

60-daqiqada Pedro hisobni 2:0 ga yetkazb qoʻydi. Eden Hazardning chap qanotdan pastlatib bergan uzatmasidan soʻng futbolchi aniq ravishda darvozani nishonga oldi.

65-daqiqada „Chelsea“ Ainsley Maitland-Nilesning Giroudga qarshi ishlatga qoʻpolligidan soʻng penalti ishlab oldi. Hazard esa uni aniq amalga oshirgan holda hisobni 3:0 ga keltirdi.

69-daqiqada zaxiradan tushgan Alex Iwobi „Arsenal“ foydasiga hisobni qisqartirdi. U jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba berib oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻydi. Biroq oradan uch daqiqa oʻtib, Hazard Giroudning uzatmasidan soʻng 8 metr masofadan yon tomoni bilan zarba berib, toʻpni oʻng burchakka joyladi va hisobni 4:1 holatiga keltidi.

Tafsilotlar „Mezbon“ jamoa (norasmiy) chorak final va yarim final qur’alaridan keyin, 2019-yil 15-mart kuni Shveytsariyaning Nyon shahridagi UEFA shtab-kvartirasida oʻtkazilgan qoʻshimcha qur’a orqali aniqlangan.

GK 1 Kepa ArrizabalagaRB 28 César Azpilicueta (c)CB 27 Andreas Christensen CB 30 David LuizLB 33 Emerson PalmieriCM 7 N'Golo KantéCM 5 JorginhoCM 17 Mateo Kovačić RF 11 Pedro CF 18 Olivier GiroudLF 10 Eden Hazard Zaxira:GK 13 Willy CaballeroGK 52 Jamie CummingDF 3 Marcos AlonsoDF 21 Davide Zappacosta DF 24 Gary CahillDF 44 Ethan AmpaduMF 8 Ross Barkley MF 51 Conor GallagherMF 55 George McEachranFW 9 Gonzalo HiguaínFW 22 Willian Murabbiy: Maurizio Sarri GK 1 Petr ČechCB 5 Sokratis PapastathopoulosCB 6 Laurent Koscielny (c)CB 18 Nacho Monreal RM 15 Ainsley Maitland-NilesCM 11 Lucas Torreira CM 34 Granit XhakaLM 31 Sead KolašinacAM 10 Mesut Özil CF 9 Alexandre LacazetteCF 14 Pierre-Emerick AubameyangZaxira:GK 19 Bernd LenoGK 44 Dejan IlievDF 12 Stephan LichtsteinerDF 20 Shkodran MustafiDF 25 Carl JenkinsonMF 4 Mohamed ElnenyMF 29 Matteo Guendouzi MF 59 Joe Willock FW 17 Alex Iwobi FW 23 Danny WelbeckFW 49 Eddie NketiahFW 87 Bukayo SakaMurabbiy: Unai Emery

{| style="width:100%; font-size:90%;"