Nadine Labaki (1974-yil 18-fevral) — livanlik aktrisa va rejissyor. 2000-yillarning boshida dastlab aktrisa sifatida eʼtiborga tushgan. Kinorejissyorlik faoliyati 2007-yilda Cannes kinofestivalida premyerasi boʻlgan debyut filmi — „Caramel“ namoyish etilishi bilan boshlangan. Livanlarning kundalik hayotini aks ettirishi hamda urush, qashshoqlik va feminizm kabi bir qator siyosiy masalalarni yoritishi bilan tanilgan. Uchinchi rejissyorlik ishi — „Capernaum“ filmi bilan „Eng yaxshi xorijiy tildagi film“ nominatsiyasida Oscar mukofotiga nomzodlik qilgan birinchi arab ayol rejissyor hisoblanadi.
Filmografiyasi Badiiy filmlar YilInglizcha nomiIzoh2007Caramel 2011Where Do We Go Now?2018Capernaum 2018-yilgi Cannes kinofestivalida Jury Prize mukofotini olgan.
Qisqa metrajli filmlar Rio, I Love You Homemade — COVID-19 pandemiyasi karantin davrida rejissyorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlardan iborat Netflix antologiyasining Labaki rejissyorligidagi 11-qismi.
Aktrisa sifatida YilFilmRoliIzoh2003Ramad (Ashes)Joanna Hadjithomas va Khalil Joreige suratga olgan qisqa metrajli film Non métrage LibanaisNinaWissam Smayra suratga olgan qisqa metrajli film 2005 The Seventh DogZeina Durra suratga olgan qisqa metrajli filmBosta AliaPhilippe Aractingi suratga olgan badiiy film 2007Caramel Layale2010Stray Bullet NohaThe Father and the Foreigner Ricky Tognazzi filmi2011Where Do We Go Now?Amale2013Rock The Casbah2014Mea CulpaRio, I Love YouOʻzi sifatida rol oʻynaganLa Rançon de la gloire2015The Idol2018CapernaumNadine20191982 Yasmine2021Costa Brava, Lebanon2022Perfect Strangers2024Swimming HomeThe Sand Castle 2024-yil dekabrda Qizil dengiz xalqaro kinofestivalida premyerasi bo‘lib o‘tgan. Rejissyor — Matty Brown.
Manbalar
Turkum:Livan kinorejissyorlari