Chester Charles Bennington (20-mart, 1976 — 20-iyul, 2017) amerikalik qoʻshiqchi, shoir va Linkin Park guruhi xonandasi edi. Shuningdek 2013—2015-yillarda Dead by Sunrise va Stone Temple Pilots guruhlarida vokalist boʻlgan.
Bennington 2000-yili Linkin Parkʼning birinchi albomi, Hybrid Theory chiqib, tijoriy muvaffaqiyatga erishgach omma eʼtiboriga tushdi. Albomga 2005-yilda Amerika tovush yozish sanoati assotsiatsiyasi tomonidan Olmos sertifikati berildi, albom oʻn yillikning eng koʻp sotilgan debut albomi boʻldi. Linkin Parkʼning keyingi studiyaviy albomlari, Meteora (2003), Minutes to Midnight (2007), A Thousand Suns (2010), Living Things (2012), The Hunting Party (2014) va One More Light (2017) guruh muvaffaqiyatini davom ettirdi.
Bennington 2005-yilda Dead by Sunrise guruhini tuzdi. Guruhning ilk albomi Out of Ashes 2009-yil oktabrida chiqarildi. Shuningdek u Stone Temple Pilots bilan 2013-yilda High Rise albomi ustida ishladi. Bennington Hit Parader jurnali tomonidan Top 100 Heavy Metal Xonanda roʻyxatiga kiritilgan (46-oʻrinda).
2017-yil 20-iyulida Bennington Palos Verdes Estates shahridagi uyida oʻzini osib oʻldirdi.
Suratlar galereyasi
Manbalar
Havolalar Linkin Parkning rasmiy veb sahifasi Chester Benningtonning rasmiy veb sahifasi Chester Bennington Tvitterda Search With Chester
Turkum:Linkin Park aʼzolari Turkum:Amerikalik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik erkak aktyorlar Turkum:2017-yilda vafot etganlar Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar