Tara Flood (1966-yilda tugʻilgan) – uchta Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etib, yettita medalni qoʻlga kiritgan britaniyalik sobiq paralimpiya suzuvchisi. U qoʻllari boʻlmagan holda tugʻilgan. Hozirda u nogironlar huquqlari faoli hisoblanadi.

Shaxsiy hayoti Tara Flood Lankashirning Preston shahrida tugʻilgan. Uning onasi buvisi tomonidan kamsitilgan, buvisi tez-tez boshqalarga „qarang, Salli nimalarni dunyoga keltirdi“ deb Taraning onasini haqorat qilgan, bu esa Tarani ham, onasini ham hissiy jihatdan jabrlagan. Tara ikki kunlik boʻlganida, onasi asablarining ogʻir zoʻriqishidan azoblangan va ogʻir giyohvand moddalarga berilgan.

U oʻn olti oyligidan oʻn olti yoshigacha Sharqiy Sassexdagi maxsus internat maktabida tahsil olgan.

Suzish faoliyati Tara Floodning suzish havzasidagi dastlabki tajribasi ikki yoki uch yoshida boʻlgan, u hovuzga tashlangan va oʻsha vaqtdagi holatni „bizdan suv yuzasiga chiqqanlar zoʻr deya baholangan, chiqolmaganlar esa sudrab chiqarilgan“ deb taʼriflagan.

Tara Flood besh yoshida suzishni boshlagan, u oʻzining internat maktabida suzish darslarini oʻziga oʻxshash nogironligi boʻlgan boshqa bolalar bilan birga olgan. U oʻn ikki yoshida raqobatbardosh suzish sportida shugʻullanishni boshlagan, keyin oʻn uch yoshida 1984-yili Nyu-York shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ishtirok etgan.

Nogironlar huquqlari faoli Tara Flood Londonda Hammersmith & Fulham Kengashida nogironlar huquqlari faoli sifatida ishlaydi va shahardagi turli nogironlar huquqlari xayriya tashkilotlarida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u BMTning Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi bilan shugʻullangan va Konvensiyaning toʻliq amalga oshirilishi uchun kampaniya olib bormoqda.

Manbalar

Turkum:1966-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Preston (Lankashir) sportchilari Turkum:London suzuvchilari Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiya suzuvchilari Turkum:1984-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida suzuvchilari Turkum:1988-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida suzuvchilari Turkum:1992-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida suzuvchilari Turkum:1984-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining medal sovrindorlari Turkum:1988-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining medal sovrindorlari Turkum:1992-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarining medal sovrindorlari Turkum:Paralimpiya suzish medal sovrindorlari Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiya oltin medal sovrindorlari Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiya kumush medal sovrindorlari Turkum:Buyuk Britaniyalik paralimpiya bronza medal sovrindorlari Turkum:Britaniyalik ayolsuzuvchilar Turkum:S2 sinfidagi para-suzuvchilar Turkum:20-asr britaniyalik sportchi ayollar Turkum:Ingliz ayolla suzuvchilar Turkum:20-asr ingliz sportchi ayollar