1998-yilgi UEFA Superkubogi – 1998-yil 28-avgust kuni Monakodagi „Stade Louis II“ stadionida boʻlib oʻtgan futbol uchrashuvi boʻlib, unda Chempionlar ligasi gʻolibi „Real Madrid“ va Kubok egalari kubogi sohibi „Chelsea“ jamoalari bahs olib bordi. Har ikkala jamoa avval bu sovrinni qoʻlga kiritmagan edi. Uchrashuvning soʻnggi daqiqalarida Gus Poyetning golidan soʻng, „Chelsea“ 1–0 hisobida gʻalaba qozondi.
Bu Superkubok ilk bor neytral maydonda bitta oʻyin shaklida oʻtkazildi. Avvalgi yillarda musobaqa ikki oʻyin (uy–safar) tarzida oʻtkazilgan, biroq ayrim hollarda maxsus sharoitlar tufayli faqat bitta uchrashuv bilan cheklangan.
Mezbon Monakodagi „Stade Louis II“ stadioni ikkinchi bor UEFA Superkubogiga mezbonlik qildi. 1985-yilda qurilgan ushbu arena, Fransiyaning „Monaco“ klubining uy maydoni hisoblanadi. Mazkur stadion bundan avval 1986-yilgi Yevropa Superkubogi bahsiga ham mezbonlik qilgan. Oʻsha uchrashuvda Yevropa Chempionlar Kubogi sohibi „Steaua Buxarest“ hamda UEFA kubogi egalari kubogi gʻolibi „Dinamo Kiyev“ jamoalari bir oʻyindan iborat formatda toʻqnash kelishgan.
Jamoalar JamoaSaralashAvvalgi ishtirok Real Madrid1997–98-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi— Chelsea1997–98-yilgi UEFA kubogi egalari kubogi gʻolibi—
Oʻyin Qisqa sharh „Chelsea“ klubi futbolchisi Gus Poyet uchrashuvning 83-daqiqasida jarima maydoni chetidan oʻng oyogʻi bilan darvozaning oʻng burchagiga aniq zarba berib yagona golni kiritdi. Unga golli uzatmani Gianfranco Zola amalga oshirdi. Tafsilotlar
GK 1 Bodo IllgnerRB 2 Christian PanucciCB 4 Fernando HierroCB 5 Manolo Sanchís (c)LB 3 Roberto CarlosRM 22 Christian Karembeu CM 10 Clarence SeedorfCM 6 Fernando RedondoLM 11 SávioCF 8 Predrag Mijatović CF 7 RaúlZaxira:GK 13 Pedro ContrerasDF 12 Iván CampoDF 19 Fernando SanzMF 14 GutiMF 16 JaimeMF 17 Robert Jarni FW 15 Fernando Morientes Murabbiy: Guus Hiddink GK 1 Ed de GoeyRB 17 Albert Ferrer CB 6 Marcel DesaillyCB 5 Frank LeboeufLB 14 Graeme Le SauxRM 12 Michael DuberryCM 11 Dennis Wise (c)CM 16 Roberto Di Matteo LM 3 Celestine Babayaro CF 25 Gianfranco Zola CF 10 Pierluigi Casiraghi Zaxira:GK 13 Kevin HitchcockDF 21 Bernard LambourdeMF 7 Brian Laudrup MF 8 Gus Poyet MF 24 Eddie NewtonMF 28 Jody MorrisFW 19 Tore André Flo Murabbiy: Gianluca Vialli Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi: Gus Poyet (Chelsea)
Qanot hakamlari: Pierre Ufrasi (Fransiya) Jacques Mas (Fransiya) Toʻrtinchi hakm: Pascal Garibian (France)Oʻyin qoidalari 90 daqiqa Agar zarur boʻlsa, 30 daqiqa qoʻshimcha vaqt Agar hisob teng boʻlib qolsa, penaltilar seriyasi Yettita zaxira futbolchi, ulardan uch nafari maydonga tushirilishi mumkin Statistika
+Birinchi boʻlim Real Madrid ChelseaKiritilgan gollar 0 0Umumiy zarbalar 4 3Darvozaga yoʻllangan zarbalar 2 0Toʻpni nazorat qilish 61% 39%Burchak zarbalari 1 2Qoidabuzarliklar 10 8Ofsayd 2 2Sariq kartochkalar 0 2Qizil kartochkalar 0 0
+Ikkinchi boʻlim Real Madrid ChelseaKiritilgan gollar 0 1Umumiy zarbalarDarvozaga yoʻllangan zarbalarToʻpni nazorat qilishBurchak zarbalariQoidabuzarliklarOfsaydSariq kartochkalar 2 0Qizil kartochkalar 0 0
+Umumiy Real Madrid ChelseaKiritilgan gollar 0 1Umumiy zarbalarDarvozaga yoʻllangan zarbalarToʻpni nazorat qilishBurchak zarbalariQoidabuzarliklarOfsaydSariq kartochkalar 2 2Qizil kartochkalar 0 0
Manbalar
Turkum:Chelsea F.C. oʻyinlari Turkum:Real Madrid CF oʻyinlari Turkum:1998-yilda futbol Turkum:UEFA Superkubogi