Nogawa daryosi() – Tokioning gʻarbiy qismidan oqib oʻtuvchi, Musashino tekisligi hududdagi daryo. Daryoning manbai Kokubunji shahridagi Kokubunji bekatining gʻarbida joylashgan Hitachi markaziy tadqiqot laboratoriyasi bogʻlaridagi Ohike koʻli bilan bogʻliq.

Daryo avval janubga, soʻng sharqqa oqadi va bu yoʻlda Tonogayato bogʻidagi buloqlardan chiqgan suv ham daryoga qoʻshiladi. Fuchūga kirgach, daryo janubi-sharq yoʻnalishda Koganei, Mitaka va Chōfu shaharlaridan oqib oʻtadi, keyin Setagaya tumaniga kiradi va oxir-oqibat Futakotamagava bekati yaqinida Tama daryosiga quyiladi. Qoʻshilish nuqtasi Tama daryosi ustidan oʻtuvchi 246-milliy yoʻli hamda Tōkyū Den-en-toshi va Tōkyū Ōimachi liniyalari koʻpriklari yaqinida joylashgan.

Nogava daryosining umumiy uzunligi 21 km. Uning havzasi, irmoqlarini ham hisobga olganda, 69,6 km² ni tashkil etadi. Eng uzun irmogʻi – Sen daryosi (Sengawa).

Nogava daryosi yuqori oqimida Musashino bogʻi va Nogava bogʻi kabi mashhur maskanlardan oqib oʻtadi hamda Setagayadagi Kitami Doʻstlik maydonidan ham yonidan oqib oʻtadi. Galereya

Manbalar

Turkum:Yaponiyadagi daryolar