Qutb ud-Davla Abulhasan Ali ibn Jaʼfar ibn Falloh () – () xalifa al-Hakim () xizmatida boʻlgan Fotimiylar qoʻmondoni va noibi.
Hayoti Ali Kutama berberlarining mashhur sarkardasi Jaʼfar ibn Fallohning oʻgʻli edi. Ali 10-asr oxirida Damashq noibi lavozimida ishlagan akasi, tajribali sarkarda Sulaymon oʻrniga oila boshligʻi boʻlgan. Damashq noibi Sulaymonning vorisi, berber qoʻmondon Jaysh ibn as-Samsama 1000-yilda vafot etgach, Ali noiblik lavozimini egalladi. Ali 1005-yillar atrofida yoki oldinroq Misrga qaytib kelgan. Bu yerda Umaviylar yetakchisi Abu Rakva boshliq koʻchmanchi arab-berber qoʻshini bilan toʻqnashdi. Ali Gizada magʻlubiyatga uchradi. Abu Rakva boshliq koʻchmanchilarning gʻalabasi haqidagi xabar Qohirada vahima uygʻotdi. Abu Rakvaning maqsadi janubdagi Fayyum vohasi boʻlgani sabab Qohiraga eʼtibor qaratmadi. Vohaga bostirib kirgach, al-Fadl ibn Solih boshliq Fotimiylar qoʻshinidan magʻlub boʻldi.
Markaziy Suriyadagi Salamiya masjidi ustidan topilgan yozuvda Fotimiylarning „yashirin“ imomlaridan biri Abdulloh uchun maqbara qurdirgani qayd etilgan shaxs Ali boʻlishi mumkin. Ali Fotimiylar nomidan Salamiyani egallab, 1009-yilda maqbara qurdirgan boʻlishi mumkin. Maqbarani 1088-yilda mahalliy rahbar Xalaf ibn Mulayib qayta taʼmirlatgan.
1013-yil iyul oyida Fotimiylar xalifasi al-Hakim Aliga Qutb ud-Davla (Davlat oʻqi) unvonini berib, Falastinni boshqarayotgan badaviy qabilasi Jarrohiylarni nazorat ostiga olish uchun tuzilgan kishilik Kutama qoʻshiniga qoʻmondon etib tayinladi. Ali Falastin poytaxti Ramlaga kirib keldi. Shu paytda Jarrohiylar rahbari Mufarrij ibn Dagʻfalning oʻgʻillari Ali va Mahmud al-Hakimga oʻz sadoqatlarini bildirdilar. Bu orada Mufarrij al-Hakimning buyrugʻi bilan oʻz kotibi tomonidan zaharlab oʻldirildi. Shundan soʻng, al-Hakim kotibni ham qatl ettirdi.
Tarixchi Hugh N. Kenndyning soʻzlariga koʻra, Ali al-Hakim uchun bir qancha yuqori martabali qoʻmondonlar va amaldorlar qatl etilgan bir davrda „eng ishonchli qoʻmondon... hukmronlikning buyuk siyosiy tirgagi“ boʻlgan. Ali -yilda, al-Hakim vafotidan biroz avval otdan yiqilib halok boʻlgan. Alining oʻgʻli Safiyy ud-Davla Muhammad 1022—1023-yillarda Halabda Fotimiylar noibi boʻlgan. Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:11-asr berberlari Turkum:Damashqning Fotimiy noiblari Turkum:Fotimiylar xalifaligi generallari Turkum:Kutama TUrkum:11-asr suriyaliklari