thumb|270px|Samarqand hukmdori Varxumanning huzuriga Chagʻoniyondan (markaziy figura, boʻynidagi yozuv bilan) va Chochdan (hozirgi Toshkent) kelgan elchilar. Afrosiyob devoriy suratlari, Samarqand, 648—651-yillar.
Chagʻoniyon bekligi, arab manbalarida as-Sagʻoniyon nomi bilan ham uchraydi, milodiy V–asrdan VII asrgacha Eftaliylar konfederatsiyasining bir qismi boʻlgan. Bundan soʻng, ehtimol mahalliy eroniy sulola ushbu hududni boshqargan. Mazkur sulola Chag‘oniyon mintaqasini milodiy VII asr oxirlaridan VIII asr boshlarigacha idora etgan. Bu hukmdorlar „Chagʻonxudot“ (Oʻrta eroniycha Čagīnīgān Xvaday) unvoni bilan hukmronlik qilgan boʻlib, bu soʻz „Chagʻoniyon hokimi“ degan maʼnoni anglatadi.
Tarixi Eftaliylar hukmronligi Eftaliylar davlati taxminan milodiy 560-yilda Gʻarbiy turk xoqonligi va Sosoniylar davlati hujumi ostida parchalanib ketdi. Bu voqeadan soʻng Baqtriyadagi Oks daryosi atrofida Eftaliylar davlatidan saqlanib qolgan koʻplab Eftaliylar mulklari mavjud boʻlgan. Ushbu mulklar Zarafshon vodiysi, Chagʻoniyon, Xuttalon, Termiz, Balx, Badgʻis, Hirot va Kobul hududlarida qayd etilgan. Chagʻoniyonda Fagʻanish ismli mahalliy hukmdor oʻz sulolasiga asos solgan.
Taxminan 648—651-yillarda Turontosh ismli Chagʻoniyon hukmdori bosh vaziri Pukarzateni Samarqandning soʻgʻdiy hukmdori Varxuman huzuriga elchi qilib yuborgan. Tashrif tafsilotlari Afrosiyob devoriy tasvirlarida eslab oʻtilgan boʻlib, soʻgʻdchada quyidagicha yozilgan:
Turontosh ismli Chagʻoniyon podshohi „hun“ eftaliylar hukmdori yoki eftaliylar bilan bir davrda yashagan mahalliy Chagʻonxudotlardan biri boʻlgani ehtimoldan xoli emas.
Chagʻonxudot hukmronligi Milodiy VII asr oxirlarida Chagʻoniyon Eftaliylar hukmronligidan ozod boʻlib, ehtimol Chagʻonxudot unvoniga ega mahalliy eroniy hukmdorlar boshqaruviga oʻtdi. Musulmonlarning Eronni zabt etishi davrida Chagʻonxudot Sosoniylarga Roshidun xalifalarga qarshi kurashda yordam bergan. Biroq arablar Sosoniylar imperiyasi hujumini bartaraf etgandan soʻng, eʼtiborlarini Xurosondagi mahalliy hukmdorlarga qaratdilar. Ular orasida Chagʻonxudot va boshqa koʻplab mahalliy hokimlar bor edi. 652-yilda Chagʻonxudot Taliqon, Guzgon va Faryob hokimlari bilan birga janubiy Toxariston hokimiga arablarga qarshi kurashda yordam berdi. Shunga qaramay, arablar jangda gʻalaba qozondilar. Biroq Roshidun xalifaligida tez orada ichki urush sodir boʻldi. Davlatni boshqa arab sulolasi egallab, Umaviylar xalifaligiga asos soldi. thumb|270px|Ismi nomaʼlum Chagʻonxudotning Sosoniylar uslubidagi tangasi. Chagʻoniyon, milodiy VII asr 705-yilda arab sarkardasi Qutayba ibn Muslim Tish ismli Chagʻonxudotni Umaviylar hukmronligini tan olishga majbur qila oldi. Tishning raqibga boʻysunishining asl sababi aslida shimoliy Toxaristondagi Axorun va Shumon kabi mahalliy hukmdorlarni magʻlub etishda yordam olish edi. Bu hokimlar Chagʻonxudotga qarshi muntazam hujumlar uyushtirib kelayotgan edi. Qutayba tez orada ikkala hukmdorni ham yengib, Umaviylar hukmronligini tan olishga majbur qildi. Biroq 718-yilda Tish, Samarqand hukmdori Gʻurak, Narayan va Buxoro buxorxudoti Tugʻshodalar Xitoyning Tan sulolasiga elchi yuborib, arablarga qarshi kurashda yordam soʻradilar. Shunday boʻlsa-da, Chagʻoniyon bekligi arablarni turgash qabilasiga qarshi kurashda qoʻllab-quvvatlashni davom ettirib, Baggage jangida arablar safida turdi. Bu jangda ular magʻlubiyatga uchrab, Chagʻonxudot halok boʻldi. Jangdan soʻng Xurosonning Chagʻoniyondan tashqari katta qismi arablar qoʻlida qoldi. Nasr ibn Sayyor davrida Chagʻoniyon yana Umaviylar xalifaligi vassaliga aylandi. Shundan soʻng, chagʻonxudotlar nomi manbalarda kam tilga olina boshlagan. VIII asr oxirlarida Chagʻoniyon 750-yilda Umaviylar xalifaligini tugatgan Abbosiylar xalifaligining bevosita boshqaruvi ostiga oʻtdi. X asrda Chagʻoniyonni oʻz nazoratiga olgan eroniy Muhtojiylar sulolasi Chagʻonxudotlardan kelib chiqqan boʻlishi mumkin.
Yana qarang Xuttal bekligi Fargʻona bekligi Ustrushana bekligi
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:8-asrda tugatilgan davlatlar va hududlar Turkum:Markaziy Osiyoning sobiq monarxiyalari + Turkum:7-asr Eronda Turkum:8-asr Eronda Turkum:8-asr Abbosiylar xalifaligida Turkum:Chagʻoniyon monarxlari