Rashid Ahmad ibn Hidoyat Ahmad Ayyubi Ansoriy Gangohiy (1826-yil 12-iyun1905-yil 11-avgust) hind yarimorolidan boʻlgan Deobandi islom olimi, Deobandi fiqh olimi va hadis olimlaridan biri, Fatawa-e-Rashidiya asarining muallifi. Uning nasabi Abu Ayyub al-Ansoriyga borib taqaladi.
Muhammad Qasim Nanautavi bilan birga u Mamluk Ali Nanautavining shogirdi edi. Har ikkisi ham hadis kitoblarini Shah Abdul Ghani Mujaddididan oʻrgangan va keyinchalik Haji Imdadullahning sufiy shogirdlari boʻlishganBrannon Ingram (University of North Carolina), Sufis, Scholars and Scapegoats: Rashid Ahmad Gangohi and the Deobandi Critique of Sufism, p 479.. Sahihi Buxoriy va Sahihi Termiziy boʻyicha maʼruzalarini uning shogirdi Muhammad Yahya Kandhlavi yozib olgan, keyinchalik Zakariyya Kandhlavi tomonidan tahrir qilinib, tartibga solinib sharhlangan va Lami al-Darari ala Jami al-Buxariy hamda Al-Kavakib al-Durri sharh Jami at-Termiziy nomlari ostida nashr etilgan.
Izohlar
Manbalar
Havolalar Ḥaḍrat Rashīd Aḥmad Gangōhining akademik taʼlimi va maʼnaviy tarbiyasi Kitoblar toʻplami
Turkum:1826-yilda tugʻilganlar Turkum:1905-yilda vafot etganlar Turkum:Hanafiylar Turkum:Moturidiylar Turkum:Deobandiylar Turkum:Hadis olimlari Turkum:XX asr musulmon ulamolari Turkum:Hindistonlik sunniy islom olimlari