Abu Abdulloh Muhammad al-Muntasir () – 1434–1435-yillarda Ifriqiyaning hafsiy xalifasi.

Hayoti Abu Abdulloh Muhammad al-Muntasir Abu Abdulloh Muhammad al-Mansur va valensiyalik Rim ismli nasroniy joriyaning oʻgʻli edi. Otasi yaʼni Abu Abdulloh Muhammad al-Mansur Abu Faris Abdulaziz II ning oʻgʻli va taxt vorisi edi, biroq u otasidan oldin 1430-yilda vafot etgan. Shundan soʻng Abu Faris anʼanaga koʻra boshqa oʻgʻillaridan birini emas, balki nabirasini voris qilib tayinlagan.

Taxt uchun kurash tez orada uning amakilari oʻrtasida boshlanib ketdi. Abu Abdulloh amakisi al-Mu’tamidni qoʻlga olib, koʻzini koʻr qildirdi. Shuningdek, oʻzining akasi Abu al-Fadlni ham hibsga olishni buyurdi. U janubda harbiy yurishda boʻlgan paytida yana ikki nafar Hafsiy shahzoda Abu Yahyo Zakariyo va uning ukasi isyon koʻtardi, biroq oʻzlari keyinchalikQusantinaga qochib ketishdi. Ularni afv etish vaʼda qilinganidan keyin Tunisga qaytarildi. Soʻngra ular ham, taxminlarga koʻra, qatl etilgan. Abu Abdullohning oʻzi esa 1435-yil sentyabr oyida isyon koʻtargan badaviylarga qarshi yurish chogʻida kasallikdan vafot etdi. Abu Abdulloh oʻzining qisqa hukmronligi davrida Tunisdagi Bab Saadoun darvozasi yonida jamoat uchun ichimlik suvi favvorasi va oʻzining nomi bilan atalgan madrasa qurdirgan edi.

Abu Abdulloh vafot etgach, tartibsizliklar davom etdi, biroq oxir-oqibat barcha isyonlar uning ukasi va vorisi Abu Amr Usmon tomonidan bostirildi.

Manbalar

Turkum:1435-yilda vafot etganlar Turkum:15-asr Hafsiy xalifalari