Abigail „Abi“ Tripp (2001-yil 6-yanvarda tugʻilgan) – kanadalik para suzuvchi. Hamdoʻstlik oʻyinlari va para suzish boʻyicha jahon chempionatida bronza medallarini qoʻlga kiritgan. 2023-yilgi para suzish boʻyicha jahon chempionatida kumush medalga sazovor boʻlgan. 2016, 2020 va 2024-yilgi Paralimpiya oʻyinlarida suzish boʻyicha Kanada sharafini himoya qilgan.
Yoshlik davri va taʼlimi Tripp 2001-yil 6-yanvarda Kanadaning Ontario shtati Kingston shahrida muddatidan toʻqqiz yarim hafta oldin tugʻilgan. Otasining ismi Steve, onasining ismi Helen Tripp. Uning Ben ismli akasi bor. Ikki yoshida Trippga serebral falaj tashxisi qoʻyilgan.
2006-yilda Tripp „Kids of Steel“ triatlon musobaqasida qatnashgan. Musobaqa vaqtida u Vicki Keithning eʼtiborini tortgan va keyinchalik Keith uning onasiga nogironligi boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan „Kingston Y Penguins“ suzish jamoasiga qoʻshilishni taklif qilganBryce, Murdoch (2020-01-18). „Kingston in Focus with Abi Tripp“. BM Photography. Retrieved 2024-08-05.. Shunday qilib, Tripp 6 yoshida „Kingston Y Penguins“ jamoasi tarkibiga qoʻshilganKennedy, Patrick (2016-08-15). „Kingston swimmer ready for Rio Paralympic Games“. Kingston Whig Standard. Retrieved 2024-08-05..
Tripp Rideau mahalliy maktabida, soʻngra Regiopolis-Notre Dame katolik oʻrta maktabida tahsil olganKennedy, Patrick (2016-09-21). „A 'phenomenal' Tripp“. Kingston Whig Standard. Retrieved 2024-08-05.. 7 yoshida unga distoniya tashxisi qoʻyilgan. U Laval universitetida psixologiya yoʻnalishi boʻyicha taʼlim olgan.
Karyerasi 2015-yilda oʻtkazilgan Parapan Amerika oʻyinlari Tripp uchun ilk yirik musobaqa boʻldi va 50 hamda 100 metrga erkin uslub, 100 metrga brass va 200 metrga kompleks suzish yoʻnalishlarida ishtirok etdi. Tripp toʻrttala yoʻnalishning barchasida 4-oʻrinni egalladi. 2016-yilgi milliy musobaqada ayollar oʻrtasida SM8 toifasida 200 metrga kompleks suzish yoʻnalishida Andrea Cole tomonidan 2002-yilda oʻrnatilgan 3:03.04 soniyali rekordni saralash bosqichida 3:00.98 koʻrsatkich bilan yangiladi. Finalda esa oʻz rekordini yana yangilab, 2:58.77 natijani qayd etdi.
Tripp ilk bor Paralimpiya oʻyinlarida 2016-yilda ishtirok etgan. Sportchi 50, 100 va 400 metrga erkin uslub, 100 metrga chalqancha, 100 metrga brass va 200 metrga kompleks suzish yoʻnalishlarida ishtirok etgan. Tripp uchta yoʻnalishda musobaqaning final bosqichiga chiqqan, jumladan, 200 metrga kompleks suzish bahslarida sakkizinchi, 100 metrga erkin uslubda yettinchi, 400 metrga erkin uslubda suzish bahslarida esa oltinchi oʻrinni egallagan va Kanada rekordini oʻrnatgan.
Tripp 2018-yilda oʻtkazilgan Hamdoʻstlik oʻyinlarida 50 metrga erkin uslubda suzish yoʻnalishida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yilning oxirida u Pan Tinch okeani para suzish chempionatida SM8 toifasida 200 metrga kompleks suzish yoʻnalishida toʻrtinchi, S8 toifasida 100 metrga chalqancha suzish yoʻnalishida beshinchi oʻrinni egalladiGrossman, David (2020-06-01). „Abi Tripp“. Swim Ontario. Retrieved 2024-08-05.. 2019-yilda sportchi Katarina Roxon, Aurélie Rivard va Tess Routliffe bilan birgalikda jahon chempionatida 4×100 metrga erkin uslubda estafeta suzish bahslarida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu Trippning jahon chempionatidagi ilk medali edi. Oʻsha yili u Kiwanis klubi „Yil sportchisi“ unvoniga sazovor boʻldi.
2019-yilgi jahon chempionatidagi final natijalariga koʻra, Tripp 2020-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdiMcAlpine, Ian (2021-05-20). „Kingstonʼs Abi Tripp heading to her second Paralympic Games“. Kingston Whig Standard. Retrieved 2024-08-05., ammo oʻyinlarda SB7 toifasida 100 metrga brass va ayollar oʻrtasida 4×100 metrga kompleks estafeta suzish bahslaridan diskvalifikatsiya qilindi. Brass yoʻnalishida uning oyoq harakatlari qonuniy emas deb topildi, bunda uning serebral falaj va distoniya tashxislari ham inobatga olinganHarvey, Yona (2021-09-17). „Paralympian Abi Tripp reveals how disqualification brought clarity, joy“. Kingstonist News. Retrieved 2024-08-05..
2023-yilda Tripp toʻrt yillik muddatga Kanada Paralimpiya sportchilari kengashiga saylandi. U 2023-yilgi para suzish boʻyicha jahon chempionatida ayollar oʻrtasida 100 metrga brass usulida suzish yoʻnalishida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Sportchi 2024-yilgi Parij Paralimpiya oʻyinlarida Kanada sharafini himoya qilish uchun tarkibga kiritilgan.
Manbalar
Turkum:Suzuvchilar 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Suzuvchilar 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida Turkum:Suzuvchilar 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar