Urmat Abdukaimov (1991-yil 5-noyabrda tugʻilgan) – qirgʻizistonlik futbol murabbiy va sobiq futbolchi. „Talant“ futbol klubida bosh murabbiy va Qirgʻiziston terma jamoasida bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat olib boradi. Futbolchilik faoliyati davomida hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. Urmat 2012-yilda Qirgʻiziston sport ustasi unvoniga sazovor boʻlgan.

Futbolchilik faoliyati 2008-yilda „Dordoy-Plaza“ jamoasi tarkibida Qirgʻiziston oliy ligasida debyut qilgan. Navbatdagi mavsumda esa Jalolobodning „Qambar-Ota“ klubida toʻp surgan. 2010—2011-yillarda „Dordoy“ klubida oʻynagan, ammo asosan klubning ikkinchi jamoasida maydonga tushgan. 2011-yilgi Qirgʻiziston birinchi ligasining shimoliy zonasining gʻolibi va eng yaxshi toʻpurari (25 gol) boʻlgan.

2012-yilda Bishkekning „Alga“ klubiga oʻtgan va u yerda ham asosan zaxira oʻyinchisi sifatida harakat qilgan. 2012-yilgi mavsumning ikkinchi yarmini Bishkekning „Dinamo-IIV“ jamoasida oʻtkazgan. 2012-yil 18-avgustda „FK-95“ jamoasiga qarshi oliy liga uchrashuvida (4:0) het-trik qayd etgan. 2013-yilda „Alga“ klubiga qaytib, ikkinchi jamoada oʻynashni davom ettirgan va baʼzan asosiy tarkib oʻyinlariga jalb qilingan. 2015-yilning kuzida oliy liganing autsayder jamoasi, „Key Ji Yunayted“ klubida ijara asosida toʻp surgan.

2017—2018-yillarda „Qora-Bolta“ klubi tarkibida oʻynagan. 2018-yilgi mavsumda 9 ta gol urishga erishgan. 2022-yil Talant klubi tarkibida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Terma jamoadagi faoliyati Qirgʻizistonning yosh terma jamoalarida, shu jumladan 19 yoshgacha boʻlganlar jamoasida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati 2021-yil oʻynovchi murabbiy sifatida Talant jamoasida murabbiylik faoliyatini boshlagan. 2025-yil 14-iyulda Qirgʻiziston terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida tayinlangan.

Yutuqlari

Qirgʻizistonning eng yaxshi murabbiyi: 2023-yil

Manbalar

Havolalar Urmat Abdukaimov Transfermarkt saytida (futbolchi) Urmat Abdukaimov Transfermarkt saytida (murabbiy) Urmat Abdukaimov Footballfaktsru saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Qirgʻizistonlik erkak futbolchilari Turkum:FC Dordoy Bishkek futbolchilari Turkum:FC Alga Bishkek futbolchilari Turkum:FC Dinamo MVD Bishkek futbolchilari Turkum:FC Kara-Balta futbolchilari Turkum:Talant futbol klubi futbolchilari Turkum:Neftchi Qoʻchqor-ota futbolchilari Turkum:FC Jalolobod futbolchilari Turkum:Qirgʻizistonlik futbol murabbiylari