Diplomat University – O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilgan xususiy oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tomonidan 20.12.2021 yilda berilgan litsenziyasi asosida faoliyat yuritib kelmoqda.

Tarixi Diplomat Universityni tashkil etish g‘oyasi ilk bor 2020-yilda paydo bo‘lgan. Ushbu tashabbus zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirish, xalqaro standartlarga mos, raqobatbardosh va chet tillarini chuqur biladigan mutaxassislarni tayyorlash ehtiyojidan kelib chiqqan.

Universitet yaratish g‘oyasining shakllanishida 2017-yilda tashkil etilgan Diplomat International School xususiy maktabi muhim bosqich bo‘ldi. Mazkur maktab qisqa muddatda sifatli ta’lim beruvchi muassasa sifatida tanilib, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amalda qo‘llash tajribasini to‘pladi. 2020-yilda ushbu maktabning ikkinchi filiali ochilishi ham ta’lim tizimini kengaytirish va yanada ko‘proq yoshlarni sifatli ta’lim bilan qamrab olish imkonini berdi. Shu asosda, 2020-yilda ilgari surilgan universitet tashkil etish g‘oyasi 2021-yildan boshlab amaliy bosqichga o‘tdi.

Bugungi kunda Diplomat University xalqaro tajriba va ilg‘or standartlarga asoslangan o‘quv dasturlari, tajribali professor-o‘qituvchilar, diplomatlar ishtiroki hamda talabalarni global mehnat bozoriga tayyorlashga qaratilgan strategiyasi bilan ajralib turadi.

Ta’sischi Saydamenov Dilshod Xasanovich.

Rektor Siyosiy fanlar doktori – Mahmudov Umid Behzodovich.

Universitet maqsadi Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, raqobatbardosh va jamiyat rivojiga hissa qo‘sha oladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash.

Universitetning asosiy vazifalari

Ta’lim jarayonini xalqaro standartlar asosida tashkil etish va innovatsion metodlarni joriy etish; Talabalarda mustaqil fikrlash, ilmiy izlanish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish; Fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, ularning natijalarini iqtisodiyot va ijtimoiy hayotga tatbiq etish; Xalqaro hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlari va almashinuv loyihalarini amalga oshirish; Professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash; Talabalarda vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati va ijtimoiy faollikni oshirish.

Ta’lim jarayoni Universitet zamonaviy standartlarga muvofiq, ikki bosqichli ta’lim jarayonini amalga oshiradi:

Birinchi bosqich – bakalavr (kunduzgi ta’lim shaklida, o‘qish muddati 4 yil); Ikkinchi bosqich – magistratura (kunduzgi ta’lim shaklida, o‘qish muddati 2 yil).

Dars mashg‘ulotlari o‘zbek, ingliz va rus tillarida olib boriladi hamda fan dasturlari asosida leksiya va seminar ko‘rinishida tashkil etiladi. Darslar katta tajribaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar, fan doktorlari, sobiq elchilar, davlat xizmatchilari tomonidan tashkil etiladi. Bugungi kunda universitetda jami 1 500 ga yaqin talaba bakalavriat va magistratura ta’lim mutaxassisliklarida tahsil oladi.

Ta’lim yo‘nalishlari + Bakalavr va magistratura mutaxassisliklari T/r Yo‘nalish nomi Ta’lim shakli Bakalavr mutaxassisliklari bo‘yicha 1. Xalqaro munosabatlar Kunduzgi 2. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar Kunduzgi 3. Iqtisodiyot Kunduzgi 4. Biznesni boshqarish Kunduzgi 5. Marketing Kunduzgi 6. Bank ishi Kunduzgi 7. Buxgalteriya hisobi Kunduzgi 8. Axborot tizimlari va texnologiyalari Kunduzgi 9. Ingliz filologiyasi Kunduzgi 10. Arab filologiyasi Kunduzgi 11. Xitoy filologiyasi Kunduzgi 12. Psixologiya Kunduzgi Magistratura mutaxassislikalari bo‘yicha 1. Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar; Kunduzgi 2. Raqamli iqtisodiyot; Kunduzgi 3. Biznesni boshqarish (MBA); Kunduzgi 4. Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti Kunduzgi

Kafedralar

Ijtimoiy va siyosiy fanlar kafedrasi;

Iqtisodiy fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi;

Filologiya va tillarni o'qitish kafedrasi.

Xalqaro hamkorlik Universitet xalqaro hamkorlikni kengaytirishga katta e’tibor beradi. Yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, qo‘shma dasturlar, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, xalqaro konferensiyalar va seminarlar muntazam tashkil etib boriladi. Bu esa talabalarga xalqaro tajribaga ega bo‘lish va global ta’lim makoniga integratsiyalashish imkonini beradi. Bugungi kungacha 20 dan ortiq xorijiy va milliy universitetlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan:

+ Hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan xorijiy va milliy tashkilotlar Т/r Hamkor tashkilotning to‘liq nomi Hamkorlik yo‘nalishlari Hamkor tashkilot davlati Hamkorlik o‘rnatilgan sana 1. Sankt-Peterburg davlat universiteti 1.Ta’lim va ilmiy tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar tashkil etish; akademik va ilmiy almashinuv;2. Talabalar almashinuvi;3. Axbort-resurslar almashinuvi;4.Qo‘shma dasturlar. Rossiya 2022-yil 1-aprel 2. Qozon (Volga bo‘yi) federal universiteti 1.Hamkorlikda ilmiy loyihalar;2.Ta’lim va ilmiy tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar tashkil etish;3.Akademik va ilmiy almashinuv;4.Talabalar almashinuvi;5.Axbort-resurslar almashinuvi; qo‘shma dasturlar. Rossiya 2022-yil 2-aprel 3. Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti 1.Hamkorlikda ilmiy loyihalar;2.Ta’lim va ilmiy tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar tashkil etish;3.Akademik va ilmiy almashinuv;4.Talabalar almashinuvi;5.Axbort-resurslar almashinuvi;6.Qo‘shma dasturlar. Qozog‘iston 2022-yil 6-aprel 4. Balx davlat universiteti 1.Akademik, ilmiy va madaniy almashinuv;2.Hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar tashkil etish. Afg‘oniston 2022-yil 5-aprel 5. Belorussiya davlat universiteti 1.Hamkorlikda ilmiy loyihalar; ta’lim va ilmiy tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar tashkil etish;2.Akademik va ilmiy almashinuv; talabalar almashinuvi;3.Axbort-resurslar almashinuvi;4.Qo‘shma dasturlar ishlab chiqish. Belorussiya 2022-yil 8-aprel 6. Istanbul tijorat universiteti 1.Talabalar almashinuvi;2.O‘zaro seminarlarda ishtirok etish;3.Axborot almashinuvi Turkiya 2022-yil 14-aprel 7. Qirg‘iziston xalqaro universiteti 1.Bolonya tizimiga asoslangan qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha tajriba almashish;2.Talabalar, doktorantlar uchun stajirovka;3.Erasmus+ ga dasturlariga birgalikda hujjat topshirish;4.Hamkorlikda amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot loyhalarini amalga oshirish;5.Hamkorlikda konferensiyalar, axborotlar almashinuvi;6.PhD izlanuvchilarga hamkorlikda ilmiy rahbarlik qilish;7.SCOPUS, Web of Science bazalarida indeksatsiyalanuvchi maqolarni hamkorlikda noshirlik qilish. Qirg‘iziston 2022-yil 22-aprel 8. Tehron universiteti 1.Hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish;2.Innovatsion ta’lim texnologiyalarini hamkorlikda yaratish;3.Professor-o‘qituvchilar almashinuvi;4.Hamkorlikda noshirlik, o‘quv adabiyotlar bilan almashinish;5.Hamkorlikda konferensiyalar va seminarlar tashkil etish;6.Talabalar almashinuvi. Eron 2022-yil 26-aprel 9. Islom Malang universiteti 1.Hamkorlikda konferensiyalar, ko‘rgazmalar, seminarlar, simpoziumlar, madaniy dasturlarni tashkil etish;2.Nashrlar va ilmiy ma’lumotlar almashish;3.Hamkorlikda ilmiy noshirlik qilish;4.Qo‘shma kurslar, o‘quv dasturlar, qo‘shma loyihalar tashkil etish;4.Akademik almashinuvlar tashkil etish;5.Magistrantlarga va ilmiy tadqiqodchilarga qo‘shma rahbarlik. Indoneziya 2022-yil 28-aprel 10. Xitoy Lyaonin pedagogika universiteti 1.Hamkorlikdagi ilmiy izlanishlar;2.Innovatsion ta’lim texnologiyalarni hamkorlikda yaratish;3.Professor-o‘qituvchilar almashinuvi;3.Hamkorlikda noshirlik;4.O‘quv adabiyotlar va axborot resurslar bilan almashish;5.Hamkorlikda konferensiyalar va seminarlar tashkil etish;6.Talabalar almashinuvlarini tashkil etish. Xitoy 2022-yil 22-aprel 11. Etvosh Loran nomidagi Budapesht universiteti 1.Tadqiqotlar almashinuvi;2.Talabalar, professor-o‘qituvchilar almashinuvi;3.Konferensiyalar, ma’ruza va seminarlar tashkil etish Vengriya 2022-yil 30-may 12. Kyong sang universiteti 1.Hamkorlikda o‘quv darslarni tashkil etish;2.Talabalar va professor-o‘qituvchilar akademik almashinuvi;3.Malaka oshirish;4.Qo‘shma konferensiyalar, ma’ruza va seminarlar tashkil etish. Janubiy Koreya 2022-yil 31-may 13. Xelvan universiteti 1.Akademik, ilmiy va madaniy almashinuvlar tashkil etish;2.Hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish;3.Hamkorlikda loyihalar tashkil etish;4.Qo‘shma dasturlar ishlab chiqish. Misr 2022-yil 7-iyun 14. Panjob universiteti 1.Konferensiya, ma’ruza, seminarlar tashkil etish;2.Talabalar almashinuvi;3.Tajriba almashinuvi;4.Xalqaro dasturlar bo‘yicha hamkorlik. Pokiston 2022-yil 5-iyul 15. Penjikentdagi Tojikiston pedagogika universiteti 1.Professor-o‘qituvchilar almashinuvi,2.O‘quv adabiyotlar almashinuvi. Tojikiston 2022-yil 12-iyul 16. Xazar universiteti 1.Professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi;2.Madaniy almashinuv;3.Qo‘shma tadqiqotlar;4.Qo‘shma diplom dasturlari;5.Qisqa muddatli o‘quv dasturlari, loyhalar;6.Tajriba almashish;7.Konferensiyalar, ma’ruza va seminarlarni tashkil etish;8.Aspirantura, magistratura bo‘yicha akademik nazorat. Ozarbayjon 2022-yil 10-oktyabr 17. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 1.O‘quv rejalar, fan dasturlari, o‘quv adabiyotlarni, malakali kadrlarni o‘quv jarayoniga jalb qilish, talabalar stajirovkasi;2.Hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;3.Hamkorlikda konferensiyalar va seminarlar tashkil etish. O‘zbekiston 2023-yil 17-mart 18. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi 1.Diplomat University da tahsil olayotgan bir guruh talaba yoshlarni O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotini tuzish to‘g‘risida O‘zbekiston 2023-yil 3-may 19. Xebey pedagogika universiteti 1.Talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi;2.Qo‘shma tadqiqotlar olib borish; Xitoy 2023-yil 25-dekabr 20. Jahon va milliy iqtisodiyot universiteti 1.Professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi;2.Ta’lim dasturlari;3.Hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish;4.Professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish;3.O‘quv qo‘llanmalar va uslubiy materiallarni yaratish va tarjima qilish;4.Hamkorlikda konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar tashkil etish;5.Talabalar almashinuvi; hamkorlikda noshirlik qilish. Bolgariya 2024-yil 8-fevral 21. Saudiya Arabiston Axborot va arab-rus tadqiqotlari markazi Qo‘shma ta’lim dasturlarni ishlab chiqish Saudiya Arabiston 2024-yil 27-oktyabr 22. CYBER-BRO MChJ 1.Talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish;2.Ta’lim dasturlari, ilmiy tadqiqodlar bo‘yicha hamkorlik qilish;3.Professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish;3.O‘quv qo‘llanmalar va uslubiy materiallarni yaratish va tarjima qilish;4.Hamkorlikda konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar tashkil etish;5.Talabalar almashinuvi; hamkorlikda noshirlik qilish. O‘zbekiston 2024-yil 27-noyabr 23. Mintaqaviy rivojlanish va Oliy biznes maktabi 1.Professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi;2. Madaniy almashinuv;3.Qo‘shma tadqiqotlar;4.Qo‘shma diplom dasturlari;5.Qisqa muddatli o‘quv dasturlari, loyihalar;6.Konferensiyalar, ma’ruza va seminarlarni tashkil etish;7.Aspirantura, magistratura bo‘yicha akademik nazorat. Bolgariya 2025-yil 24-yanvar 24. O‘zbekistonda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi 1.Tashkilot faoliyati doirasida talabalarning amaliyot o‘tashi;2. Xalq diplomatiyasi bo‘yicha maxsus kurslar tashkil qilish;3. Madaniyat markazlari, NNTlar bilan qo‘shma loyihalarda ishtirok etish. O‘zbekiston 2025-yil 19-aprel

Kontrakt narxlari