Aida Abikeyeva (; 1998-yil 11-iyulda tugʻilgan, Qaragʻandi, Qozogʻiston) – qozogʻistonlik ayol bokschi. Boks boʻyicha Qozogʻiston milliy terma jamoasi aʼzosi, 2025-yilgi boks boʻyicha Jahon chempionatida ikki karra oltin medal sohibi.
Faoliyati 2024-yil Tailandda Chiangmay shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida finalda vyetnamlik bokschi Hà Thị Linh ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritgan.
2025-yil Serbiyaning Nish shahrida oʻtkazilgan IBA boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida oltin medali sovrindori boʻlgan. Boks boʻyicha 2025-yilgi Jahon kubogining ikkinchi bosqichida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Shu yilning sentyabr oyida Angliyaning Liverpul shahrida oʻtkazilgan boks boʻyicha Jahon chempionati finalida oʻzbekistonlik bokschi Navbahor Hamidova ustidan gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qozogʻistonlik ayol bokschilar