Haydaron jangi () yoki Jabal Haydaron jangi () 1052-yil 14-aprelda hozirgi Tunisning janubi-sharqida Banu Hilol arab qabilalari va Ziriylar sulolasi oʻrtasida sodir boʻlgan qurolli toʻqnashuv. Bu jang Hiloliylarning Ifriqiyaga bosqini doirasida yuz bergan. Kelib chiqishi Ziriylar 972-yilda Fotimiylardan mustaqillik eʼlon qilib, Abbosiylarni xalifa deb tan olganlaridan soʻng, ikki oʻrtada munosabatlar keskinlashganمحمد كمال شبانة (1429 هـ – 2008م). الدويلات الإسلامية في المغرب: دراسة تاريخية حضارية. دار العالم العربي. Page 145.. Bunga javoban Fotimiylar Magʻribga Ziriylar va Hamdoniylarni jazolash uchun vayronkor Hiloliy bosqinchilarni yubordilar. Ifriqiyaga ketayotgan hiloliylar 1050-yilda Kirenaikani vayron qilishgan. Jang Hiloliylar va Ziriylar hozirgi Tunisning janubi-sharqidagi Haydaronda toʻqnashdilar. Jangda Banu Hilol qabilasidan nafar arab otliq askari Ziriy amiri al-Muʼizz ibn Badisga qarshi kurashdi. Son jihatidan ancha kam boʻlgan hiloliylar Sanhaja Ziriylarini hal qiluvchi jangda magʻlub etib, chekinishga majbur qildilar. Bu gʻalaba hiloliylar uchun Qayravon tomon yoʻlni ochib, natijada, ular 1057-yilda bu shaharni qoʻlga kiritdilar. Oqibat Hiloliylar gʻalaba natijasida 1057-yilda Qayravonni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldilar. Bu esa Ziriylarni poytaxtni Mahdiyaga koʻchirishga majbur qildi.

Hiloliylar hatto Zenatalarni janubiy Ifriqiyadan haydab chiqarishga muvaffaq boʻldilar. Bosqin yakunida Ziriylar va Hammadiylar oʻz hududlarining aksariyat qismini boy berib, Ifriqiya sohilidagi tor qirgʻoq chizigʻi bilan cheklanib qoldilar.

Manbalar

Turkum:Hiloliylarning Ifriqiyaga bosqini Turkum:1052-yil Turkum:Ziriylar sulolasi ishtirok etgan janglar