Hidayet Karaca (1963-yil 18-avgustda tugʻilgan; Chankiri, Turkiya) – Samanyolu Media Group bosh menejeri va yopilgan Samanyolu TV raisi.
Hayoti 1963-yil 18-avgustda Markaziy Turkiyaning Chankiri shahrida tugʻilgan Karaca boshlangʻich va oʻrta maktab taʼlimini Istanbulda tamomlagan. 1983-yilda Izmir shahridagi Dokuz Eylül universiteti Mexanika muhandisligi kafedrasiga oʻqishga kirgan va magistraturani tamomlagan. PhD darajasini Manisa Celal Bayar universitetida olgan. Izmirda Zaman gazetasining Egey mintaqasi vakili boʻlib ishlagan. Keyinchalik ikki yil davomida ushbu gazetaning Anqara vakili boʻlgan. 1999-yildan 2016-yilgacha Samanyolu televizion kanali (STV) Bosh koordinatori lavozimida ishlagan. U Matbuot kengashi Oliy kengashi aʼzosi, Televideniye teleradiokompaniyalari uyushmasi raisi va Izmir Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi hisoblanadi.
Sud jarayoni Karaca 2014-yil 19-dekabrda Fethullah Gülen ulargni ogohlantirganidan keyin Tahşiyeciler diniy guruhiga qarshi fitna uyushtirgan terroristik guruh aʼzoligi ayblovi bilan hibsga olingan. Samanyolu TV da efirga uzatilgan serialning bir qismida ham Tahşiyecilarga qarshi ayblovlar mavjud edi.
2018-yil 8-iyun kuni sud Hidayet Karacani 2016-yil 15-iyuldagi muvaffaqiyatsiz davlat toʻntarishiga urinish orqali „konstitutsiyaviy tartibni agʻdarishga urinish“ aybi bilan ogʻir qamoq jazosiga hukm qildi. U hozirda Silivri qamoqxonasida saqlanmoqda.
Shaxsiy hayoti Hidayet Karaca turmush qurgan va ikki farzandi bor.
Manbalar
Turkum:Turk jurnalistlari Turkum:1963-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Turkiyada qamoqqa olingan jurnalistlar Turkum:Manisa Celal Bayar universiteti bitiruvchilari