Rodenbek – Germaniyaning shimolida joylashgan, Alster daryosining oʻng tomondan qoʻshiladigan shimoliy irmogʻi boʻlib, Bredenbek va Lottbek hamda boshqa kichik soylar bilan birgalikda Rodenbek muzlik vodiysi (Rodenbeker Quellental)ning erigan muz suvlaridan hosil boʻlgan havzasini tashkil etadi. Bu vodiy Weichselian muzlik davrida (Weichselian Ice Age) hosil boʻlgan.
Rodenbek irmogʻi, muzlik vodiysidagi boshqa daryolar singari, sharqdan gʻarbga oqib, Elbe daryosining irmogʻi hisoblangan Alsterga qoʻshiladi.
Rodenbek irmogʻida Alster daryosida uchraydigan baliqlar bilan bir qatorda nalim, Leucaspius, common dace va stickleback baliqlar kabi turlarga ham duch kelish mumkin . Umumiy maydoni 2,8 gektar Rodenbeker Teiche hovuzlarida suv nilufarlari oʻsadi va ularni 1934-yilda tashkil etilgan Rahlstedt sport baliqchilari klubi aʼzolari parvarish qiladi. Hovuzlarga muntazam ravishda zogʻora baliq, lin, shoxbaliq, sudak va ilonbaliq kabi turlar qoʻyib boriladihttp://sfvr-rahlstedt.eu/gewaesser.html . Manbalar
Havolalar Verwunschene Rodenbek (Hamburger Abendblatt) Turkum:Germaniyadagi daryolar