Urdu federal sanʼat, fan va texnologiya universiteti (, FUUAST) – asosiy qismi Pokistonning Islomobod shahrida joylashgan davlat universiteti. Universitetda ikkita kampus mavjud. Markaziy kampus Islomobodda, ikkinchi kampus esa Karachida joylashgan. Universitetning maʼmuriyati va diplom berish boʻlinmalari hozirda Karachida joylashgan boʻlib, shuningdek, universitetning bosh qarorgohi vazifasini bajaradi. Universitet bakalavriat va magistratura bosqichlarida keng koʻlamli oʻquv dasturlarini taklif etadi. Ilmiy-tadqiqot faoliyati asosan san’at, tillar, muhandislik, ijtimoiy fanlar va falsafa sohalarida olib boriladi. Hozirgi kunda taxminan 13 500 talaba tahsil olayotgan FUUAST mamlakatdagi yirik oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, Pokiston Oliy taʼlim komissiyasi tomonidan „Umumiy toifa“dagi oliy oʻquv yurtlari ichida top 10 talikka kiritilgan. Universitet tillar boʻyicha taʼlim beruvchi kam sonli oliy taʼlim muassasalaridan biri sifatida oʻziga xos oʻringa ega. Shuningdek, tillar, muhandislik, falsafa, tabiiy fanlar, tibbiyot va ijtimoiy fanlarni rivojlantirish yoʻlidagi ilmiy tadqiqotlar olib borishi bilan shuhrat topgan. Bundan tashqari, universitet turli akademik sohalar boʻyicha xalqaro standartlarga mos keladigan ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni taklif etish bilan bir qatorda, moliyaviy jihatdan ham hamyonbop ekani bilan tanilgan.
Tarixi Urdu kolleji dastlab 1949-yilda Urdu tilining otasi Maulvi Abdul Haq tomonidan taʼsis etilgan. Keyinchalik, 2002-yil 13-noyabrda prezident farmoni bilan bu kollej universitet maqomini oldi va Pokistonda asosan urdu tilida taʼlim beradigan birinchi universitetga aylandi. U Karachidagi Urdu federal sanʼat kolleji va Urdu federal fan kollejini birlashtirish natijasida tashkil topgan. Pirzada Qosim Raza Siddiqui 2002-yilda Urdu federal universitetining birinchi vitse-kansleri etib tayinlandi. Prezident Pervez Musharraf esa universitetning birinchi kansleri boʻldi.
Kampuslari va fakultetlari Universitetda uchta yirik kampus va koʻplab fakultetlar bor: Abdul Haq kampusi – Karachi shahridagi Baba-e-Urdu Roadda joylashgan (avvalgi nomi Urdu federal sanʼat kolleji). Gulshan kampusi – Karachi shahrining Universitet koʻchasi Gulshan-e-Iqbal hududida joylashgan (avvalgi nomi Urdu federal fan kolleji). Islomobod kampusi – dastlab 2003-yilda Islomobod yaqinida tashkil etilgan boʻlib, keyinchalik Kuri Model qishlogʻi, Mozah Mohrian, 5B, Bahria anklav yoʻli yaqiniga koʻchirildi.
Abdul Haq kampusi Islomshunoslik Jahon dinlari Biznesni boshqarish Hisob Iqtisodiyot Taʼlim Ingliz tili Umumiy tarix Xalqaro munosabatlar Islom tarixi Huquq Ommaviy kommunikatsiya Pokistonshunoslik Siyosatshunoslik Psixologiya Ijtimoiy ish Sindhi tili Urdu tili
Gulshan kampusi Biznesni boshqarish Savdo Iqtisodiyot Huquq Biokimyo Botanika Biotexnologiya Kimyo Kompyuter fanlari Atrof-muhit fanlari Geografiya Geologiya Matematika Mikrobiologiya Farmatsevtika Farmatsevtik kimyo Farmakognoziya Farmakologiya Fizika Statistika Zoologiya
Islomobod kampusi Amaliy fizika Biznesni boshqarish Kompyuter fanlari Elektr muhandisligi Urdu tili Iqtisodiyot Matematika Ommaviy kommunikatsiya Ingliz tili Xalqaro siyosat
Galereya
Manbalar
Havolalar
FUUAST Karachi campus official website FUUAST Islamabad campus official website
Turkum:Urdu federal universiteti Turkum:Universitetlar