Ahmed Hamdi posho (1826–1885) – Usmoniylar monarxisti, Birinchi Konstitutsiya davridagi konservativ davlat arbobi.

Hayoti Ahmed Hamdi posho 1873-yildan 1874-yilgacha Izmir hokimi boʻlgan, soʻngra 1874-yilning qolgan qismida Bosniya hokimi boʻlib xizmat qilgan. 1875-yildan 8-may 1876-yilgacha, soʻngra 1880-yildan 1885-yilgacha Suriyaning Damashq shahri hokimi sifatida faoliyat olib borgan. 1876-yilda posho qisqa vaqt davomida Albaniyaning Shkoder shahri hokimi sifatida ham ishlagan.

Hamdi posho 1878-yilning 11-yanvaridan 1878-yilning 4-fevraliga qadar Rossiya-Turkiya urushi (1877–1878) davrida qisqa muddat Usmoniylar imperiyasining bosh vaziri lavozimida xizmat qilgan.

Usmoniylar sultoni Abdulhamid II Birinchi Konstitutsiya davrida Yosh Usmoniylar bosimi ostida uni lavozimidan boʻshatgan.

Ahmed Hamdi posho Livanning Bayrut shahridagi Bachoura qabristoniga dafn etilgan.

Manbalar

Turkum:1885-yilda vafot etganlar Turkum:1826-yilda tugʻilganlar Turkum:Usmoniylar imperiyasining siyosiy shaxslari Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi bosh vazirlari