Haysam Husayn (; 1978-yil 16-noyabrda tugʻilgan) – suriyalik-kurd romanchyozuvchisi, adabiy tanqidchi va jurnalist. Uzoq yillar davomida yirik arab gazetalari uchun madaniyat jurnalisti boʻlib ishlagan, arab tilida beshta roman nashr etgan. 2012-yilda u Suriyadagi davom etayotgan Suriya fuqarolar urushi va Suriyaning kurd mintaqasidagi hayotni aks ettiruvchi asarlarining doimiy senzurasi tufayli Suriyadan qochib ketishga majbur boʻladi.

Hayoti Husayn 1978-yil 16-noyabrda Hasaka viloyatining Amuda shahrida tugʻilgan. U yillar davomida Al-Hayat, As-Safir, Al-Bayan, Al-Quds va Al-Arabi kabi yirik arab gazetalari va bir qancha boshqa arab gazeta va jurnallari uchun madaniy tanqidga ixtisoslashgan frilanser jurnalist sifatida ishlagan. Suriya hukumati kurd millatini tan olmaganligi va uning romanlarini taqiqlaganligi sababli, u ularni norasmiy ravishda nashr etishga majbur boʻlgan.

Husayn Damashq yaqinida yashagan, ammo Sharqiy Gʻutadagi uyi bombardimon qilinganidan soʻng, u 2012-yil oʻrtalarida Buyuk Britaniyada yashash uchun mamlakatdan qochib ketgan. 2015-yilda Husayn asosiy qiziqish sohalari – arab romani va adabiy tanqidga qaratilgan ikki tilli Al-Riwaya.net veb-saytiga asos soladi. Oʻz romanlarida u zamonaviy uslubni tanlagan.

U oila qurgan va ikkita qizi bor.

Romanlari Orom: Aytilmagan ogʻriqlarning avlodi (2007) Xotira garovlari (2010) Dahshat ignasi (2014) Jannatdagi begona oʻt (2017)

Yana qarang

Suriya adabiyoti Zamonaviy arab adabiyoti

Manbalar