Oltiariq tumanidagi Erkin Vohidov uy-muzeyi bilan adashtirib yuborilmasin.
Erkin Vohidov memorial muzeyi – Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida joylashgan, shoir, davlat arbobi, Oʻzbekiston qahramoni Erkin Vohidov xotirasiga bagʻishlab ochilgan muzey. Fargʻona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi filiali hisoblanadi. 2019-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Shahar markazidagi „Ijodkorlar bogʻi“ hududida joylashgan.
Tarixi 2017-yil Fargʻona viloyatiga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev Margʻilon shahrida Ijodkorlar bogʻini ochish toʻgʻrisida taklif bildirgan edi. Bogʻ tematikasi markazida Erkin Vohidov turadi. Ijodkorlar bogʻida shoirning haykali, Erkin Vohidov memorial muzeyi joylashgan.
2018-yil iyulda Fargʻona viloyatiga tashrif buyurgan prezident muzey eksponatlari bilan tanishdi.
Margʻilon shahrida Erkin Vohidov memorial muzeyini tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori 2019-yil 26-iyulda qabul qilingan.
Eksponatlar roʻyxati Muzeyda Erkin Vohidovning bolalik, oʻsmirlik, talabalik yillarini aks ettiruvchi rasmlar, shoirning ijod namunalari, davlat va jamiyat hayotidagi amalga oshirgan ishlari, erishgan yutuq va mukofotlari namoyish etiladi.
Muzey devorida shoirning ijod namunalari yillar kesimida aks ettirilgan. Alohida stendda „Inson“ qasidasi va unga bagʻishlangan fotosuratlar namoyishga qoʻyilgan. Shuningdek, shoir ijodxonasi, kiyimlar, musiqa asboblari ham ekspozitsiyadan oʻrin olgan. Muzeyda shaxmat burchagi tashkil qilingan.
Yana qarang Erkin Vohidov Erkin Vohidov uy-muzeyi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi muzeylar Turkum:Margʻilon