Sulton Murod I maqbarasi (; , shuningdek, Meşhed-i Hüdâvendigâr nomi bilan ham tanilgan) – bu Usmoniylar sultoni Murod I ga bagʻishlab bunyod etilgan maqbara (türbe), Kosovodagi Prishtina tumanida joylashgan.
Sulton Murod I (laqabiHüdavendigâr boʻlib, „Xudoga oʻxshagan“ yoki „hukmdor“ degan maʼnoni bildiradi) 1389-yilda Kosovo jangida halok boʻlgan. Ushbu yodgorlik XIV asrda Murod I ning oʻgʻli Boyazid I tomonidan qurilgan boʻlib, Kosovodagi Usmoniylar meʼmorchiligining birinchi namunasi hisoblanadi. Sultonning ichki aʼzolari Kosovo maydonida dafn etilgan va bugungi kungacha shu joydagi maqbarada saqlanmoqda. Jasadiing boshqa qismlari esa uning tugʻilgan joyi Onadoʻlidagi Bursa shahriga olib ketilib, oʻsha yerda joylashgan ikkinchi maqbarasiga, yaʼni Hüdavendigâr majmuasiga dafn etilgan.
Ushbu yodgorlik haqida 1660-yilda Avliyo Chalabiy tomonidan eslab oʻtilgan. Maqbara mahalliy musulmonlar uchun diniy ahamiyat kasb etadi.
Manbalar
Havolalar
Official site (Alban/Turkcha)
Turkum:14-asrda Usmoniylar imperiyasida tashkil etilgan obidalar Turkum:14-asrda qurib bitkazilgan binolar va inshootlar Turkum:Kosovodagi binolar va inshootlar Murod Turkum:Usmoniylar Albaniyasi Turkum:Kosovo tarixidagi Usmoniylar davri Turkum:Usmoniylar maqbaralari Turkum:Kosovo maydoni Turkum:Boyazid I