Philip Nikodem Jagielka (1982-yil 17-avgust, Seyl, Katta Manchester, Angliya) – ingliz futbolchisi. Markaziy himoyachi pozitsiyasida oʻynagan. Philip „Everton“ futbol klubi va Angliya terma jamoasidagi oʻyinlari bilan mashhur.

Jagielka 1998-yildan 2000-yilgacha „Sheffild Yunayted“ yoshlar akademiyasida oʻsib chiqqan va soʻnggi yili asosiy tarkibda debyut qilgan. U jamoaning 2006-07-yilgi mavsumda oliy ligaga chiqishiga hissa qoʻshgan. „Sheffild Yunayted“ quyi ligaga tushib ketgach, Jagielka 2007-yilda 4 million funt sterlingga „Everton“ga oʻtgan. Keyinchalik u 2013-yildan 2019-yilgacha jamoa sardori boʻlib, jami 385 ta oʻyin oʻtkazgan. 12 yillik faoliyatdan soʻng, 2019-yil iyulida „Everton“ni tark etib, sobiq jamoasi „Sheffild Yunayted“ga qaytgan. U 2023-yilda 41 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashdan oldin Chempionship klublaridan „Derby Kaunti“ va „Stok Siti“ klubida qisqa muddat oʻynagan.

Phil terma jamoa tarkibida 2008-yilda debyut qilgan. Xalqaro faoliyati davomida Angliya terma jamoasi safida 40 marta maydonga tushgan. UEFA Yevro-2012 hamda 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatida Angliya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan.

Shaxsiy hayoti

Jagielka polyak va shotland kelib chiqishiga ega. Uning 2021-yilda vafot etgan akasi Steve ham asosan Shrewsbury Town jamoasida oʻynagan professional yarim himoyachi edi. Garchi u bir mavsumga Sheffild Yunaytedga ijaraga berilgan boʻlsa-da, aka-uka hech qachon rasmiy oʻyinda birgalikda maydonga tushishmagan. Filning oʻgʻli Zak Xall Siti va Uels terma jamoalari uchun toʻp surmoqda.

2009-yil sentyabr oyida Jagielkaning Knutsforddagi uyiga qurollangan bosqinchilar bostirib kirgan. Ular Jagielkani pichoq bilan tahdid qilgan holda uning uyini talon-taroj qilishgan.

Manbalar

Havolalar

Phil Jagielka Stoke City F. C. saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Sheffield United F.C. futbolchilari Turkum:Everton F.C. futbolchilari Turkum:Derby County F.C. futbolchilari Turkum:Stoke City F.C. futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2012 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2014 oʻyinchilari