Bread, Love and Dreams () – 2010-yilda suratga olingan drama janridagi koreys seriali. Serialda Yoon Shi-yoon, Joo Won, Eugene va Lee Young-ah rol oʻynashgan. Serialda qatʼiyatli yosh novvoy Kim Tak-guning Koreyadagi eng yaxshi novvoy boʻlish maqsadida koʻplab qiyinchlik va sinovlarni yengib oʻtgani aks ettirilgan. Serial voqealari 1970—1990-yillarda boʻlib oʻtib, voqealar unda bosh qahramonning tugʻilishidan boshlanib, 20 yoshlarning oʻrtalariga yetganigacga boʻlgan davrni qamrab oladi. 30 qismli serial KBS2 telekanalida 2010-yil 9-iyundan 16-sentyabrgacha chorshanba va payshanba kunlari soat 22:00da (Janubiy Koreya vaqti bilan) efirga uzatilgan.

Serial 2010-yilda Janubiy Koreyada eng koʻp tomosha qilingan seriallardan biri boʻlib, oxirgi qismni koʻrgan tomoshabinlar reytingi 50,9%ni tashkil etgan hamda barcha davrlarning eng yuqori baholangan 25-dramasiga aylangan. Bu serial tufayli bosh qahramonni oʻynagan aktyor Yoon Shi-yoon mashhurlikka erishgan, shuningdek, serialdagi samimiy ijrosi uchun koʻp maqtovlarga sazovor boʻlgan.

Syujeti 1970-yillarning boshlarida Geosung Foods kompaniyasi rahbari Gu Il-jong oʻgʻil farzand koʻrishga qaror qildi, sababi uning rafiqasi Seo In-sook kompaniyani meros qilib olishi kerak boʻlgan oʻgʻilni tugʻib bera olmaydi. Natijada Gu Il-jong uyida xizmatkor boʻlib ishlaydigan yosh qiz Kim Mi-sun bilan yaqin munosabatlar oʻrnatadi. Seo In-sook ularning xizmatkorlaridan biri eridan farzand kutayotganini bilgach, u MKim Mi-sunni yoʻq qilishga qaror qiladi, lekin xizmatkor qochib ketishga muvaffaq boʻladi va tez orada oʻgʻil farzandni dunyoga keltiradi, farzandiga Tak-gu (Gu Il-jongning istagi sababli) deb ism qoʻyadi. In-sookning oʻzi Il-jongning shaxsiy yordamchisi Han Seung-jaedan oʻgʻil koʻradi.

12 yil oʻtgach, qiyin ahvolga tushib qolgan Mi-sun oʻgʻli Tak-guni otasining uyiga olib kelishga qaror qiladi. Gu Il-jong Mi-sun va oʻgʻlini darhol taniydi, lekin uyda Il-jong va uning keksa onasi Hong xonimdan boshqa hech kim Tak-guning kelganiga xursand boʻlishmaydi. In-sook qanday qilib boʻlsa ham Tak-gudan qutulishga qaror qiladi va Seung-jae yordamida bunga erishadi. Tak-gu ota-onasi tirik boʻlsada, tirik yetimga aylanadi. Onasini qidirayotib, Tak-gu tasodifan afsonaviy novvoy Pal-bongni uchratib qoladi, novvoy uning non pishirish qobiliyatini darhol payqaydi va Tak-guga unga shogird boʻlishni taklif qiladi. Bu uchrashuv Tak-guning taqdirini tubdan oʻzgartirib yuboradi, vaqt oʻtishi bilan Pal-bong Gu Il-jongning ustozi ekanligi maʼlum boʻladi.

Novvoyxonaga Ma-jun Seo Tae-jo nomi bilan yashirincha oʻqishga keladi, kelishdan maqsadi uning Gu Il-jongga merosxoʻr boʻlishga qodir ekanligini isbotlash edi, shu tufayli novvoyxonada aka-ukalarning haqiqiy qarama-qarshiligi boshlanadi.

Rollarda

Bosh rollarda

Yoon Shi-yoon – Kim Tak-gu Oh Jae-moo – Kim Tak-gu (bolalik davri) Joo Won – Gu Ma-jun / Seo Tae-jo Shin Dong-woo – Gu Ma-jun (bolalik davri) Eugene – Shin Yoo-kyung Jo Jung-eun – Shin Yoo-kyung (bolalik davri) Lee Young-ah – Yang Mi-sun

Gu oilasi

Jun Kwang-ryul – Gu Il-jong Jeon In-hwa – Seo In-sook Choi Ja-hye – Gu Ja-kyung Ha Seung-ri – Gu Ja-kyung (oʻsmirlik davri) Kang Ye-seo – Gu Ja-Kyung (bolalik davri) Choi Yoon-young – Gu Ja-rim Kim So-hyun – Gu Ja-rim (bolalik davri)

Yang oilasi

Jang Hang-sun – Pal-bong (Yang Mi-sunning bobosi) Park Sang-myun – Yang In-mok (Yang Mi-sunning otasi) Hwang Mi-sun – Oh Young-ja (Yang Mi-sunning onasi)

Boshqalar

Jung Sung-mo – Han Seung-jae Park Sung-woong – Jo Jin-goo Lee Han-wi – Heo Gab-soo Jeon Mi-seon – Kim Mi-sun Jung Hye-sun – Hong xonim (Gu Il-jongning onasi) Kwon Yong-woon – Shin Bae (Yoo-kyungning otasi) Park Yong-jin – Go Jae-bok

Oʻzbekcha tarjimasi Serialning oʻzbekcha tarjimasi „Non isi“ nomi bilan 2011-yil 5-sentyabrda Oʻzbekiston telekanalida efirga uzatilgan. Serialga dublyaj aktyorlari Dilbar Ismoilova, Elyor Nosirov, Behzod Muhammadkarimov, Zulxumor Moʻminova ovoz berishgan.

Saundtrek

V. O.S – At The End of The Day KCM va Soul Drive – Love You to Death Lee Seung-chul – That Person Bada – Only One Kyuhyun (Super Junior)— Hope is a Dream That Doesnʼt Sleep Michelle Yoo-jin – For Me Yoon Shi-yoon – Only You Lee Young-ah – It Was Love Joo Won – My Love Code V – Now Go and See

Mukofotlari 2010-yil 3-Korea Drama Awards: Eng yaxshi yangi aktyor (Yoon Shi-yoon) Drama serialining eng yaxshi rejissyori (Lee Jung-sub) Drama serialining eng yaxshi ssenariychisi (Kang Eun-kyung)

2010-yil 18-Koreya madaniyati va koʻngilochar mukofoti: Mashhurlik uchun mukofot, aktyor (Yoon Shi-yoon)

2010-yil KBS drama mukofoti: Top Excellence mukofoti, aktrisa Jeon In-hwa Excellence Award, Maxsus dramatik postanovkadagi aktyor (Yoon Shi-yoon) Excellence Award, Maxsus dramatik postanovkadagi aktrisa (Eugene) Eng yaxshi ssenariychi (Kang Eun-kyung) Eng yaxshi yosh aktyor (Oh Jae-moo) Eng yaxshi juftlik (Yoon Shi-yoon va Lee Young-ah) 2011-yil 47-Baeksang sanʼat mukofoti: Eng yaxshi televizion rejissyor (Lee Jung-sub)

Taʼsiri Serial Janubiy Koreyada yaxshi kutib olindi va tomoshabinlar reytingi rekord darajani 50,8% tashkil qildi. Tomoshabinlar serialni jamiyatdagi oddiy odamlar va boylar oʻrtasidagi qarama-qarshilik mavzusi tufayli tomosha qilishgan. Naver serialni 2010-yildagi Janubiy Koreyadagi eng mashhur soʻrovlar roʻyxatiga kiritgan.

2010-yil 20-dekabrda serial ijodkorlari madaniy kontent yaratishda qoʻshgan hissalari uchun prezident mukofotini olishgan.

Shuningdek, serial „KBS Drama Special“ va „KBS HD Drama“da eng koʻp tomoshabinlar reytingi boʻyicha birinchi oʻrinni egallagan.

Reytingi Efir sanasi Tomoshabinlarning oʻrtacha ulushi Nielsen Korea TNmS Mamlakat miqyosida Seul Mamlakat miqyosida Seul 1 2010-yil 9-iyun 2 2010-yil 10-iyun 14.4% 14.5% 16.9% 18.4% 3 2010-yil 16-iyun 26.4% 28.3% 28.5% 29.1% 4 2010-yil 17-iyun 24.2% 26.3% 25.3% 26.4% 5 2010-yil 23-iyun 27.1% 28.4% 28.5% 28.50% 6 2010-yil 24-iyun 31.1% 31.8% 32.2% 32.5% 7 2010-yil 30-iyun 31.0% 32.2% 33.4% 33.6% 8 2010-yil 1-iyul 31.6% 30.8% 35.8% 35.9% 9 2010-yil 7-iyul 33.4% 34.7% 38.1% 38.6% 10 2010-yil 8-iyul 33.0% 33.8% 34.5% 34.9% 11 2010-yil 14-iyul 34.1% 34.0% 35.9% 35.2% 12 2010-yil 15-iyul 35.3% 35.2% 36.9% 36.1% 13 2010-yil 21-iyul 37.3% 37.0% 38.5% 37.7% 14 2010-yil 22-iyul 37.9% 38.2% 38.4% 36.5% 15 2010-yil 28-iyul 36.6% 35.7% 39.7% 39.2% 16 2010-yil 29-iyul 37.9% 38.1% 39.9% 38.6% 17 2010-yil 4-avgust 39.5% 39.8% 42.5% 42.3% 18 2010-yil 5-avgust 40.5% 40.2% 44.4% 44.0% 19 2010-yil 11-avgust 42.3% 42.4% 44.9% 44.0% 20 2010-yil 12-avgust 42.6% 43.9% 44.6% 43.8% 21 2010-yil 18-avgust 41.9% 42.4% 44.0% 42.6% 22 2010-yil 19-avgust 42.3% 41.9% 43.7% 42.9% 23 2010-yil 25-avgust 43.6% 44.6% 44.1% 44.1% 24 2010-yil 26-avgust 41.9% 41.9% 44.7% 44.2% 25 2010-yil 1-sentyabr 44.0% 44.4% 45.8% 44.9% 26 2010-yil 2-sentyabr 45.0% 46.1% 48.4% 47.2% 27 2010-yil 8-sentyabr 43.3% 43.2% 47.5% 47.0% 28 2010-yil 9-sentyabr 44.7% 44.5% 48.2% 46.4% 29 2010-yil 15-sentyabr 45.3% 44.2% 46.5% 45.5% 30 2010-yil 16-sentyabr Oʻrtacha % Jadvaldagi eng past reytingni, esa eng yuqori reytingni ifodalaydi.

Remeyklari Serial Osiyodagi koʻplab mamlakatlarda efirga uzatilgan, ularning baʼzilarida serialning remeyklari suratga oligan. Jumladan, 2013-yil dekabr oyida xuddi shu nomdagi turk seriali va 2015-yilning yozida Filippin seriali (koreys seriali ssenariysi asosida) suratga olingan.

Manbalar

Turkum:Koreys tilidagi televizion shoular