Donna Louise Tartt (1963-yil 23-dekabr) – amerikalik yozuvchi, "The Secret History", "The Little Friend" va "The Goldfinch" (Saʼva) romanlari muallifi. Adib "The Goldfinch" asari uchun 2014-yil Pulitser mukofotini qoʻlga kiritadi va 2019-yil shu roman asosida rejissyor John Crowley film suratga oladi. Tartt "Time" jurnalining 2014-yilgi "Eng nufuzli 100 kishi" roʻyxatiga kiritilgan baobroʻ shaxsAnn Patchett |Patchett, Ann (April 23, 2014). „Donna Tartt“ . Time (magazine)..

Donna Luiza Tartt 1963-yilning 23-dekabrida Mississippi shtatining Grinvud shahrida Don va Teylor Tarttlar oilasida tugʻilgan . Tartt oʻzining birinchi ijodiy mashqlarini nazm janrida boshlagan, ilk sheʼrini 1968-yil, besh yoshida yozgan. Sheʼrlari birinchi marta 13 yoshida nashr etilgan va „sonet Mississippi Review“ jurnalining 1976-yilgi nashriga kiritilgan . Oʻrta maktabda basketbol jamoasining birinchi kursida ishtirok etgan, hamda jamoat kutubxonasida ishlagan. Tartt vatanparvarlik va ichkilikbozlik haqidagi insholari bilan koʻp bor birinchilikni qoʻlga kiritgan .

Manbalar