Chugurtma- G‘uzor tumani tarkibida, Qashqadaryo viloyatida joylashgan. "Katta Chugurtma" qishlog'i 38.632332° shimoliy kenglik,66.158359° sharqiy uzunlikda ekanligi ko'rsatilgan.Katta Chugurtma qishlog'i yonida “Kichik Chugurtma”, "Qayirma", "Qo'ng'irot", "Katta qishloq" deb ataluvchi qoʻshni qishloqlar joylashgan va bu qishloqlar aholisini barchasi "Qavchin"- (Qush odamlar) urug'iga mansub.Manzil kataloglarida uning MFY (mahalla fuqarolar yigʻini) sifatida tanlangan joyi “Chugurtma qishlog‘i, Guliston QFY” deb ham ko‘rsatilgan.

Tarixi va nomining kelib chiqishi

Chugurtma qishloq nomi urug' nomi bo'lib, Qavchin urug'ini shaxobchasi bo'lgan "Chigirtchima"- (dengiz qaldirg'ochi) nomi bilan bog‘liq va bu urug' nomini bildiruvchi so'z yillar davomida tarixiy fonetik o'zgarishga yoki singarmonizmga uchragan va “chugurtma” so‘zi aynan shu bilan bo'g'liq degan izohlar berilgan. Ammo bu izoh ilmiy jihatdan keng tekshirilmagan va aniqligi oshkor emas.

Iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari

Qishloqda fermer xo‘jaliklari faoliyat yuritadi. Masalan, “Agro Taraqqiyot Chugurtma” fermer xo‘jaligi bu hududda joylashgani haqida ma’lumot mavjud. Shuningdek, pochta aloqasi ham mavjud: “UZPOST. Post Office Chugurtma” qishloqda xizmat ko‘rsatadi.

Manbalar