Ispaniya fuqarolik urushi (ispancha: guerra civil española) — 1936-yildan 1939-yilgacha respublikachilar va millatchilar oʻrtasida olib borilgan. Respublika tarafdorlari Ikkinchi Ispaniya Respublikasining chap qanotga moyil boʻlgan Xalq fronti hukumatiga sodiq boʻlganlar va ularning tarkibiga sotsialistlar, anarxistlar, kommunistlar hamda separatistlar kirgan. Qarama-qarshi boʻlgan millatchilar esa Ispaniya davlatini (Estado Español) tashkil etgan boʻlib, fashistik falangistlar, monarxistlar, konservatorlar va anʼanachilar ittifoqidan iborat edi. Ularni Germaniyadagi natsistlar va Italiyadagi fashistlar qoʻllab-quvvatlagan. Unga harbiy xunta boshchilik qilgan. Unda general Francisco Franco tez orada ustun mavqega ega boʻlgan. Oʻsha davrdagi xalqaro siyosiy vaziyat sababli urush turlicha talqin qilingan: kimdir uni sinfiy kurash, boshqalar diniy kurash yoki diktatura bilan respublikachi demokratiya oʻrtasidagi kurash deb bilgan; yana boshqalar uni inqilob bilan qarshi inqilob yoki fashizm bilan kommunizm oʻrtasidagi toʻqnashuv sifatida koʻrgan. Millatchilar urushda gʻalaba qozonishgan. Urush 1939-yil boshida yakunlangan va Ispaniyani Franco boshchiligidagi rejim 1975-yil noyabrigacha, yaʼni uning oʻlimigacha boshqargan.
Urush 1936-yil iyul oyida Xalq fronti hukumatiga qarshi Ispaniya Respublikasi qurolli kuchlari generallari guruhi tomonidan amalga oshirilgan davlat toʻntarishining qisman muvaffaqiyatsizlikka uchrashi natijasida boshlandi. Millatchilar fraksiyasi oʻng qanot guruhlaridan iborat boʻlib, ular orasida xristian anʼanachilari partiyasi CEDA, monarxistlar (shu jumladan, bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan alfonsistlar va diniy konservativ karlistlar) hamda fashistik siyosiy partiya — Falange Española de las JONS mavjud edi. Shu bilan birga, hech bir muhim shaharlardagi qoʻzgʻolonchi boʻlinmalar hokimiyatni qoʻlga kirita olmadi, bu esa Ispaniyani harbiy va siyosiy jihatdan ikkiga boʻlib qoʻydi. Qoʻzgʻolonga qarshi kurashda chap qanot ijtimoiy harakatlar va partiyalar qurollantirildi, militsiyalar tuzildi. Bu esa respublika nazoratidagi hududlarda tezkor ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy oʻzgarishlarga olib keldi; ushbu jarayon keyinchalik Ispaniya inqilobi deb atalgan. Millatchi kuchlar Fashistik Italiya va Natsistlar Germaniyasidan oʻq-dori, askarlar va havo qoʻllovini oldilar, respublika tarafini esa Sovet Ittifoqi va Meksika qoʻllab-quvvatladi. Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSh respublika hukumatini rasman tan olgan boʻlsalar-da, ular betaraflik siyosatini yuritishdi. Shunga qaramay, bu davlatlarning oʻzidan ham oʻn minglab fuqarolar bevosita urushda qatnashib, asosan respublika tarafini qoʻllab-quvvatlovchi Xalqaro brigadalar safida jang qilishgan.
Franco asta-sekin millatchilarning asosiy yetakchisiga aylandi. 1937-yilga kelib u Ispaniya davlatining diktatori boʻldi hamda falangizim gʻoyalarini oʻz siyosatiga qoʻshib oldi. Millatchilar janub va gʻarbdagi tayanch hududlaridan oldinga siljib, 1937-yilda Ispaniya shimoliy sohilining katta qismini egallashdi. Ular Madrid va uning janubi hamda gʻarbida joylashgan hududlarni qamal ostiga oldilar. 1938—1939-yillarda Kataloniyaning katta qismi bosib olingach va Madrid Barselonadan uzilib qolganidan soʻng, respublikachilarning harbiy ahvoli butunlay achinarli tus oldi. 1939-yil 5-martda respublika hukumatidagi kommunistik taʼsirning tobora kuchayishi va harbiy vaziyatning yomonlashishi daʼvolariga javoban, polkovnik Segismundo Casado millatchilar bilan tinchlik oʻrnatish maqsadida respublika hukumatiga qarshi harbiy toʻntarish uyushtirdi. Biroq bu tashabbuslarni Franco rad etdi. Oʻsha yilning oʻzida, mart oyida, Madridda respublika ichidagi fraksiyalar oʻrtasida toʻqnashuvlar yuz berdi. Shundan soʻng Franco poytaxtga kirib keldi va 1939-yil 1-aprel kuni gʻalabasini eʼlon qildi. Respublika tarafdorlari bilan bogʻliq yuz minglab odamlar Ispaniyadan qochib, asosan Fransiyaning janubidagi qochoqlar lagerlariga joylashdilar. Mamlakatda qolganlarning koʻpchiligi esa gʻalaba qozongan millatchilar tomonidan taʼqib va jazoga uchradi.
Izohlar
Manbalar
Adabiyotlar
Qoʻshimcha oʻqish uchun
(trade unionist)
Havolalar
Spanish Civil War History Project at the University of South Florida ¡No Pasarán! Speech Dolores Ibárruri’s famous rousing address for the defense of the Second Republic „Trabajadores: The Spanish Civil War through the eyes of organised labour“, a digitised collection of more than 13,000 pages of documents from the archives of the British Trades Union Congress held in the Modern Records Centre, University of Warwick . A testimony by two surrealists and trotskytes
with about a dozen essays written during and about the Spanish Civil War.
, a detailed chronicle of the events of the war
„The Spanish Civil War“, BBC Radio 4 discussion with Paul Preston, Helen Graham and Mary Vincent (In Our Time, 3 April 2003)
Filmlar The Spanish Civil War. A six-part documentary miniseries using film and eyewitness accounts from both sides of the conflict. Tierra Española (The Spanish Earth) by Joris Ivens, 1937
Tasvirlar Guernica by Pablo Picasso The Spanish Civil War by Robert Capa, Magnum Photos Aircraft of the Spanish Civil War Imperial War Museum Collection of Spanish Civil War Posters hosted online by Libcom.org Posters of the Spanish Civil War from UCSD's Southworth collection Tamiment Library Poster and Broadside Collection — Spain: Spanish Civil War: undated About the Spanish Civil War — Illinois English Department at the University of Illinois Collection: „Exiles from the Spanish Civil War“ from the University of Michigan Museum of Art
Akademiklar va hukumatlar A History of the Spanish Civil War, excerpted from a U. S. government country study. „The Spanish Civil War — causes and legacy“ on BBC Radio 4's In Our Time featuring Paul Preston, Helen Graham and Dr Mary Vincent (audio) Interview with Agustín Guillamón, historian of the Spanish Revolution The Anarcho-Statists of Spain (the anarchists in the Spanish Civil War), George Mason University Fanny, Queen of the Machine Gun (Dutch volunteers) at The Volunteer Jews In The Spanish Civil War — by Martin Sugarman, assistant archivist at the Jewish Military Museum Full text in translation of the Collective Letter of the Spanish Bishops, 1937, a pastoral letter of the Spanish bishops which justified Francoʻs uprising New Zealand and the Spanish Civil War Warships of the Spanish Civil War
Arxivlar Robert E. Burke Collection. 1892–1994. 60.43 cubic feet (68 boxes plus two oversize folders and one oversize vertical file). At the Labor Archives of Washington, University of Washington Libraries Special Collections. Contains materials collected by Burke on the Spanish Civil War. Anarchy Archives The role of anarchism in the Spanish Revolution Private Collection about German Exile and Spanish Civil War The Archives of Ontario Remembers Childrenʼs Art from the Spanish Civil War , online exhibit on Archives of Ontario website Stuyvesantʼs Spanish Civil War Archives
Turkum:Ispaniya fuqarolar urushi Turkum:Karlizm Turkum:Ispaniyaning zamonaviy tarixi