StarLadder Budapest Major 2025 — Counter-Strike 2 boʻyicha toʻrtinchi Major chempionati va Counter-Strike tarixidagi yigirma uchinchi Major turniri boʻladi. Musobaqa 2025-yil 24-noyabrdan 14-dekabrgacha Vengriyaning Budapesht shahrida oʻtkaziladi. Bu StarLadder tomonidan tashkil etiladigan ikkinchi Major boʻlib, birinchisi Berlin 2019 musobaqasi boʻlgan. Turnirning har bir bosqichi jonli tomoshabinlar oldida o‘tkaziladi: dastlabki uch bosqich MTK Sportpark majmuasida, pley-off esa MVM Dome arenasida bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi marta 32 ta jamoani o‘z ichiga oladigan Major turniriga barcha jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri taklif etiladi. Shuningdek, Major tarixda ilk bor BO5 formatidagi grand final o‘tkaziladi. Mukofot jamgʻarmasi $1,250,000 ni tashkil etadi.

Umumiy maʼlumotlar Counter-Strike 2, Valve Corporation tomonidan ishlab chiqilgan ko‘p oʻyinchili birinchi shaxs otishma janridagi videoo‘yin. U Counter-Strike seriyasining beshinchi oʻyini hisoblanadi. Professional Counter-Strike musobaqalarida Valve homiyligidagi Major turnirlari eng nufuzli musobaqalar sifatida qaraladi.

Major 2025-yil 12-may kuni StarLadder tomonidan e’lon qilingan va bu ularning olti yil ichidagi ikkinchi Major turniri bo‘ladi; ular oxirgi marta Berlin 2019 Majorga mezbonlik qilgan edi.

Team Vitality — Austin 2025 turnirida The MongolZ ustidan 2–1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng Majorning amaldagi chempioni hisoblanadi.

Format Turnirda sakkiz jamoa ishtirok etadigan yakuniy pley-off bosqichidan oldin uchta Shveytsariya tizimidagi guruh bosqichi oʻtkaziladi. Major turnirida 32 ta jamoa qatnashadi; ular Major Regional Qualifiers bekor qilingach, Valve Regional Standings reytingiga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri taklif etiladi. Har bir bosqichda sakkiztadan jamoa musobaqani tark etadi, so‘nggi sakkizta jamoa esa chempionni aniqlash uchun „single-elimination“ pley-off tizimida bellashadi. Har bir bosqichdagi ilk o‘yinlardan keyingi va pley-off bosqichidagi birinchi juftliklardan keyingi barcha o‘yinlar jamoalarning Buchholz ko‘rsatkichiga ko‘ra tartiblanadi.

Dastlabki uch bosqichda barcha o‘yinlar, faqat keyingi bosqichga chiqish yoki musobaqani tark etish o‘yinlari (bular BO3 formatida o‘ynaladi) bundan mustasno, BO1 formatida o‘tkaziladi. Pley-off bosqichida grand finalgacha bo‘lgan barcha o‘yinlar BO3 formatida o‘ynaladi, grand final esa BO5 formatida bo‘ladi.

O‘yin maplari

Ancient Dust II Inferno Mirage Nuke Train Overpass

Jamoalar

Yevropa

Team Vitality Team Spirit Team Falcons MOUZ G2 Esports Aurora Gaming Natus Vincere Astralis 3DMAX Team Liquid FaZe Clan GamerLegion Ninjas in Pyjamas B8 Esports PARIVISION fnatic

Shimoliy va Janubiy Amerika

FURIA Esports paiN Gaming MIBR Passion UA Legacy Imperial Esports NRG Esports M80 Fluxo RED Canids

Osiyo

The MongolZ TYLOO Lynn Vision The Huns FlyQuest Rare Atom

Saralash Major turniriga takliflar har bir mintaqaga Austin 2025 natijalariga ko‘ra taqsimlanadi. 1-bosqichdan keyingi bosqichlar uchun har bir mintaqaga ajratilgan o‘rinlar soni, o‘sha mintaqadan keyingi bosqichga o‘tgan jamoalar soniga qarab belgilanadi. Valve Regional Standings reytingida eng yuqori o‘nta Yevropa jamoasi 2- va 3-bosqichlarga taklif qilinadi (har bir bosqichda beshtadan), shuningdek har bir bosqichda ikki Amerika va bir Osiyo jamoasi ham qatnashadi. 1-bosqich uchun takliflarning taqsimoti Austin turniridagi kabi qoladi.

Takliflarni aniqlovchi oxirgi VRS yangilanishi 2025-yil 6-oktabrda bo‘lgan, takliflar esa rasmiy ravishda 2025-yil 8-oktabrda yuborilgan.

Taklif etilgan jamoalar Quyida har bir mintaqadan saralangan jamoalar keltirilgan bo‘lib, ular 2025-yil 6-oktabrdagi VRS reytingiga ko‘ra aniqlangan. MintaqaBosqichlar1-bosqich2-bosqich3-bosqichYevropa FaZe Clan GamerLegion Ninjas in Pyjamas B8 Esports PARIVISION fnatic Aurora Gaming Natus Vincere Astralis 3DMAX Team Liquid Team Vitality Team Spirit Team Falcons MOUZ G2 EsportsAmerika Legacy Imperial Esports M80 NRG Esports Fluxo RED Canids MIBR Passion UA FURIA Esports paiN GamingOsiyo Lynn Vision The Huns FlyQuest Rare Atom TYLOO The MongolZ

1-bosqich 1-bosqichda Valve Regional Standings reytingiga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri taklif qilingan 16 ta jamoa ishtirok etadi va ular Shveytsariya tizimi boʻyicha bellashadi. Jamoalar dastlab VRS reytingi bo‘yicha tartiblanadi, keyingi o‘yinlardagi raqiblar esa Buchholz ko‘rsatkichiga ko‘ra taqsimlanadi. O‘n olti jamoa 2-bosqichga yoʻllanma beruvchi sakkizta o‘rin uchun bellashadi, barcha o‘yinlar BO1 formatida bo‘ladi, faqat keyingi bosqichga chiqish va musobaqadan chiqarilish o‘yinlari BO3 formatida o‘tkaziladi.

1-bosqich 2025-yil 24-noyabrdan 27-noyabrgacha o‘tkazildi.

Natijalar 1-tur

2-tur

3-tur

4-tur

5-tur

2-bosqich 2-bosqichda Valve Regional Standings (VRS) reytingiga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri taklif qilingan sakkizta jamoa hamda 1-bosqichdan saralangan sakkizta jamoa ishtirok etadi va ular Shveytsariya tizimi boʻyicha bellashadi. Jamoalar dastlab VRS reytingi bo‘yicha tartiblanadi, keyingi o‘yinlardagi raqiblar esa Buchholz ko‘rsatkichiga ko‘ra taqsimlanadi. O‘n olti jamoa 3-bosqichga yo‘llanma beruvchi sakkizta o‘rin uchun bellashadi, barcha o‘yinlar BO1 formatida bo‘ladi, faqat keyingi bosqichga chiqish va musobaqadan chiqarilish o‘yinlari BO3 formatida o‘tkaziladi.

2-bosqich 2025-yil 29-noyabrdan 2-dekabrgacha o‘tkaziladi.

Natijalar 1-tur

2-tur

3-tur

4-tur

5-tur

3-bosqich 3-bosqichda Valve Regional Standings (VRS) reytingiga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri taklif qilingan sakkizta jamoa hamda 2-bosqichdan saralangan sakkizta jamoa ishtirok etadi va ular Shveytsariya tizimi boʻyicha bellashadi. Jamoalar dastlab VRS reytingi bo‘yicha tartiblanadi, keyingi o‘yinlardagi raqiblar esa Buchholz ko‘rsatkichiga ko‘ra taqsimlanadi. O‘n olti jamoa pley-off bosqichiga yo‘llanma beruvchi sakkizta o‘rin uchun bellashadi, barcha o‘yinlar BO1 formatida bo‘ladi, faqat keyingi bosqichga chiqish va musobaqadan chiqarilish o‘yinlari BO3 formatida o‘tkaziladi.

3-bosqich 2025-yil 4-dekabrdan 7-dekabrgacha o‘tkaziladi.

Natijalar 1-tur

2-tur

3-tur

4-tur

5-tur

Pley-off bosqichi

3-bosqichdagi eng yaxshi sakkizta jamoa „single-elimination“ tizimidagi pley-off boshqichiga yo‘l oladi. Jamoalar 3-bosqich davomida to‘plagan yakuniy Buchholz koʻrsatkichiga ko‘ra saralanadi. Pley-off bosqichida grand finaldan oldingi barcha o‘yinlar BO3 formatida o‘tkaziladi, grand final esa BO5 formatida bo‘ladi.

Pley-off bosqichi 2025-yil 11-dekabrdan 14-dekabrgacha MVM Dome arenasida o‘tkaziladi.

Natijalar Chorak final

Yarimfinal

Final

Yakuniy oʻrinlar Quyida yakuniy o‘rinlar keltirilgan. Shuningdek, mukofot jamg‘armasi taqsimoti, tarkiblar va murabbiylar ham berilgan.

OʻrinMukofot miqdoriJamoaTarkibMurabbiy 1$500,000Team VitalityapEX, ZywOo, mezii, ropz, flameZXTQZZZ 2$170,000FaZe Clankarrigan, frozen, broky, jcobbb, TwistzzNEO3$80,000Team Spiritchopper, donk, sh1ro, zweih, tN1Rhally4Natus VincereAleksib, iM, b1t, w0nderful, makazzeB1ad35$45,000FURIA EsportsFalleN, KSCERATO, yuurih, YEKINDAR, molodoysidde6MOUZtorzsi, Brollan, Jimpphat, xertioN, Spinxsycrone7The MongolZ910, bLitz, controlez, mzinho, TechnomaaRaa8Team FalconsNiKo, TeSeS, m0NESY, kyxsan, kyousukezonic9$15,000B8 Esportsheadtr1ck, alex666, npl, kensizor, esenthialmaddened10G2 EsportshuNter-, malbsMd, SunPayus, HeavyGod, MATYSsAw11Passion UAJT, hallzerk, Grim, Kvem, nicxT.c12Imperial Esportschelo, VINI, skullz, try, nowayzakk13paiN Gamingdgt, biguzera, dav1deuS, nqz, snowrikz143DMAXbodyy, Maka, Lucky, Ex3rcice, GravitiYouKnow15Team LiquidNAF, EliGE, NertZ, siuhy, ultimateflashie16PARIVISIONJame, BELCHONOKK, AW, xiELO, notadastan17$10,000Ninjas in PyjamasSnappi, sjuush, r1nkle, ewjerkz, xKacperskyXizt18M80slaxz-, Swisher, HexT, s1n, Lakedephh19Astralisdevice, Magisk, HooXi, jabbi, Staehrruggah20fnaticKRIMZ, blameF, fEAR, jambo, jackasmoIndependent21Aurora GamingMAJ3R, XANTARES, woxic, Wicadia, jottAAAFabre22TYLOOAttacker, JamYoung, Jee, Mercury, MoseyuhzhokiNg23FlyQuestjks, INS, Vexite, nettik, regaliAZR24MIBRexit, Qikert, brnz4n, insani, kl1mjnt25$5,000NRG Esportsdaps, Sonic, XotiC, br0, Jeorge26FluxoarT, Lucaozy, zevy, decenty, kyetacitus27Legacydumau, latto, n1ssim, lux, saadzinchucky28RED Canidsdrop, chayJESUS, kauez, history, venomzeratge29The Hunsnin9, sk0R, Bart4k, xerolte, cobrazeraCarnage30GamerLegionREZ, ztr, Tauson, PR, hypexash31Lynn Vision GamingWestmelon, z4kr, Starry, EmiliaQAQ, C4LLM3SU3GUM32Rare AtomSummer, Marek, ChildKing, Tiger, L1haNgz8z

Manbalar

Turkum:Counter-Strike 2 musobaqalari