Gulshan Alimardonova (2006-yil 19-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik karatechi, BRICS oʻyinlari, MDH oʻyinlari, Islom birdamligi oʻyinlari, Osiyo chempionati, Jahon chempionati sovrindori. Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba ayollar orasida karate boʻyicha jahon chempionligini qoʻlga kiritgan.
Faoliyati 2024-yil iyun oyida Alimardonova BRICS oʻyinlarida ishtirok etib, kumite −50 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Oltin medal uchun bahsda Yu Xiega magʻlub boʻldi. Sentabr oyida esa Karate boʻyicha Osiyo chempionatida qatnashib, kumite −50 kg yoʻnalishida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Final bellashuvida Hsiao Yun-chenni magʻlub etdi.
2025-yil may oyida Karate boʻyicha Osiyo chempionatida ishtirok etib, yana bir bor kumite −50 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Final bahsida u Shahmalarani Chandranni magʻlub etdi. 2025-yil oktabr oyida MDH oʻyinlarida ishtirok etib, oʻz vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2025-yil noyabr oyida Islom birdamligi oʻyinlarida ishtirok etib, final bahsida Sara Bahmanyar bilan jangda magʻlub boʻldi va kumush medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha oyning oxirida u Karate boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etib, ayollar oʻrtasidagi kumite 50 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Final bahsida Shahmalaranini magʻlub etdi. Shu tariqa u kumite yoʻnalishida jahon chempioni boʻlgan ilk oʻzbekistonlik ayol sportchi boʻldi.
Manbalar
Havolalar Gulshan Alimardonova Instagram sahifasi
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:21-asrda Oʻzbekiston ayol sportchilari Turkum:Oʻzbekistonning Islom birdamlik oʻyinlarida kumush medali olgan sportchilari Turkum:O‘zbekistonlik ayol karatechilar