Qashqadaryo yuridik texnikumi – Qashqadaryo viloyatida joylashgan malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga qaratilgan, hamda fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladigan taʼlim dargohi.

Mutaxassisliklar Texnikumda quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlanadi: davlat huquqiy faoliyat; yuridik xizmat; sud-huquqiy faoliyat. Tarixi Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi „Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida“ dagi PQ–3666 son qarori bilan tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi „Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi PF-5987 son Farmoni asosida texnikumning faoliyati takomillashtirilgan. Taʼlim Yuridik texnikumlarga umumiy oʻrta taʼlim (11-sinfni) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini bitirganlar hujjat topshirishi mumkin. Abiturientlar oʻqishga davlat buyurtmasi, toʻlov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Oʻqish muddati 2 yilni tashkil etadi. Manzil: Qarshi shahar, Islom Karimov koʻchasi 52-uy. Havolalar Texnikumning rasmiy veb-sayti

Manbalar